Muaytay bo‘yicha iqtidorli yoshlar saralandi
Jizzax shahrida muaytay bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 507 nafar sportchi 53 ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Keskin va murosasiz bellashuvlarda har bir vazn toifasida eng iqtidorli bo‘lgan sportchilar mamlakat chempioniga aylandi.

Mazkur musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ushbu sportchilar orasidan esa eng yaxshilar saralab olindi. Endi ular joriy yilning may oyida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA