O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, shu yilning aprel-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalarda pedagoglarni malaka test sinovlaridan o‘tkazish belgilangan.

Mazkur jarayon Namanganda ham yuqori tashkiliy tayyorgarlik va ko‘tarinki ruhda boshlandi. Viloyat markazidagi 15-sonli umumta’lim maktabining sport zalida hozirlangan 150 o‘rinli joyda malaka toifasiga ega bo‘lish istagini bildirgan 819 nafar informatika fani o‘qituvchisi uchun attestatsiya imtihonlari boshlandi. 

– Attestatsiya real vaqt rejimida, barcha shart-sharoit yaratilgan, qolaversa, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlangan xonalarda o‘tkazilmoqda, – deydi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Isayev. – Jarayonlar onlayn tarzda, kuzatuv kameralari orqali yozib olinmoqda. Qayd etish joiz, ikki bosqichli attestatsiyada ta’lim muassasalarining o‘qituvchi kadrlari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti doirasida 40 ta test hamda pedagogik mahoratni aniqlashga qaratilgan 10 ta topshiriq beriladi. 

– O‘n uch yildan buyon pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanib kelaman. Har bir muallim ta’lim sifatini oshirish, shogirdlariga chuqur bilim berishi uchun muntazam ravishda kasbiy mahorati ustida tinimsiz izlanishi kerak, – deydi Namangan shahridagi 36-sonli umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi Akramxo‘ja Abdullayev. – Ayni shu muhim mezondan kelib chiqqan holda, malaka toifasiga ega bo‘lish uchun navbatdan tashqari ariza bergandim. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishim, avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlod kamolida muhim o‘rin tutadi. Buni his qilgan holda attestatsiyaga munosib tayyorgarlik ko‘rdim. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/urYBZAVh2Ro" title="Muallimlar sinovdan oʻtmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ma’lumot o‘rnida: joriy yilda malaka (toifa) attestatsiya sinovlarida qatnashish uchun Namangan viloyatidagi ta’lim muassasalarining 15 ming 269 nafar pedagogidan ariza kelib tushgan. Talabgorlarning 8 ming 640 nafari oliy va birinchi malaka toifalariga, 6 ming 388 nafari esa mutaxassis malaka toifasidan ikkinchi malaka toifasiga o‘tish istagini bildirgan. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muallimlar sinovdan o‘tmoqda (+video)