So‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoqlarda muallif merosxo‘rlarining o‘z huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaat qilishi o‘rinsiz tanqid qilinmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida muallif hamda boshqa huquq egalarining manfaatlari “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq himoya qilinadi.
Ushbu qonun xalqaro normalarga asoslangan bo‘lib, butun dunyoda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob’ektlarining himoyasi shu tartibda amalga oshiriladi. "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi qonunga asosan turdosh huquqlar meros bo‘lib o‘tadi. Ammo aynan qanday huquqlar?
Savollarimizga san’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish Palatasi raisi, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev batafsil javob beradi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Tt6dWogd-Bk" title="Mualliflik huquqlari "meros" boʻlib oʻtadimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA