Bundan ikki yil oldin Mo‘ynoqda kazino qurilishi bilan bog‘liq xabar aholi orasida ancha rezonans uyg‘otgandi. Vaholanki, kazino, deganda barchamizning tasavvurimizda AQSHning Las-Vegas shahri paydo bo‘ladi.

Xo‘sh, Mo‘ynoq ham shunday shaharga aylanishi, ya’ni o‘yin biznesi rivojlangan, tunu kun hayot qaynab yotadigan shaharlar qatoriga qo‘shila oladimi? Bunday qarasangiz o‘tmishlaridagi uyqash tasodiflar ular kelajagini ham bir trayektoriyaga burayotganday. Mana qarang, Las-Vegas ham Mo‘ynoq ham 1931 yilda tashkil topgan ekan. Ikkalasi ham cho‘l hududda joylashgan. Sahro o‘rtasidagi hududni rivojlantirish oson bo‘lmagach Las-Vegasda 1931 yilda o‘yin biznesiga ruxsat berib yuboriladi. Undan keyingi dinamika va bu shaharning bugungi kuni haqida gapirmasam ham bo‘ladi...

Mo‘ynoq ham bir vaqtlar sanoat, ayniqsa,baliqchilik sanoati bo‘yicha mamlakatning eng taraqqiy etgan hududlardan biri bo‘lgan. Shuning ortidan Orol baliqchiligi butun dunyoga tanilgan. Biroq dengizning ortga chekinishi o‘zi bilan birga bu yerdagi zavq-shavqni, tarovat va fayzni, odamlar turmushidagi xotirjamligu barakani ham tuzli qumliklar bahriga yutib ketdi...

Bir paytlar qum barhanlariga tutash sohillar aro yangraguvchi baliqchi kemalarning uzun-qisqa «gudok»lari, baliqchilarning shodon hayqiriqlari bari bir zumda zulmatga singganday g‘oyib bo‘ldi. Mo‘ynoq nafaqat mintaqada, balki dunyodagi eng ekologik xavfli hudud deya tan olindi... Aslida Mo‘ynoq va umuman, bu hududda hayot izdan chiqqaniga ancha bo‘lgan. Biroq sobiq ittifoq davridayam, undan keyin ham Orolbo‘yida yashayotgan odamlar hayoti bilan birov qiziqqan emas. Ammo bu panja ortidan qaraladigan yoki o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qoladigan masala emas edi. Zotan, bu yerda minglab odamlarning taqdiri yotardi...

Prezident Shavkat Mirziyoyev ish boshlagan ilk kunlardanoq Orol muammosi oqibatlarini yumshatish, Mo‘ynoq tumanining iqtisodiy-ijtimoiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan amaliy harakatlarni boshlab yubordi. Uch yil ichida tumanni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ikkita hujjat qabul qilindi. Mo‘ynoqda kazino qurish to‘g‘risidagi biznes loyihalar ham aynan ushbu hujjatlarda o‘z aksini topgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 yanvardagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 2-ilovasida “Global project capital”(GPC) qo‘shma korxonasi tomonidan 1 mlrd. dollar evaziga Turizm komplekslari (mehmonxona va ko‘ngilochar dam olish markazlari, savdo markazlari va boshqalar) tashkil etish istiqbolli investitsiya loyihasi sifatida kiritilgan. E’tibor bersangiz, bu yerda gap aynan kazino haqida ketayotganini anglaysiz.

Qiyoslab ko‘ring – Mo‘ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish uchun davlat xazinasidan 1,5 trln. so‘m ajratilgan. «Ko‘ngilochar dam olish markazlari» va uning atrofida boshqa ob’ektlarni qurish uchun esa investorlar 1 mlrd. dollar mablag‘ tikmoqchi. Shtab-kvartirasi Londonda joylashgan “Global project capital” korxonasi biznes bo‘yicha maslahat beruvchi va loyihalarni moliyalashtiruvchi guruhdir. Mazkur korxona keng qamrovli xizmatlar va loyihalarni moliyalashtirish yechimlarini taqdim etadi.

Dunyo miqyosida “GPC” guruhi loyihalarni boshqarish va moliyalashtirishning ma’lum sohalarida ixtisoslashgan. Sanoat, tijorat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, transport, turizm shular jumlasidan. Keling, biz hozir boshqa jihatlarni chetga surib, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotimizda yangilik bo‘luvchi, biz doim taysallab, «G‘arbning chirkin qadriyatlari»dan biri sifatida qarab kelingan o‘yingoh – kazino va uning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni hamda bizning o‘ziga xos yumshoq landshaftli sharqona jamiyatga «joylashuvi» haqidagi «ko‘p burchakli» mulohazalarni nazardan o‘tkazsak...

QIMOR QONUNCHILIKDA TAQIQLANGAN

Kazino – qimor o‘yini. Bu esa O‘zbekistonda qonunan taqiqlangan. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasiga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan, ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash – yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, —

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, - eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Qolaversa, qimor o‘yini dinimizda taqiqlangan. Ammo, istisno tariqasida aytish kerakki, bu o‘yinga dinimiz yaralgan hudud – Arabiston yarim orollaridagi ko‘rkam Dubay shahrida turizmni rivojlantirish hisobiga qonunan ruxsat berilgan...

U O‘ZI KERAKMI?

Maqolamiz boshida Las-Vegasning shiddat bilan rivojlanib ketishiga qimor o‘yinlariga qonunan ruxsat berilgani sabab bo‘lganligini aytib o‘tgan edik. Darhaqiqat, bu kabi misollar juda ko‘p. Masalan, Monako davlatining «ikkinchi tug‘ilishi» ham aynan kazinoga bog‘liq.

Yevropadagi ilk o‘yin uyi – Kazino-dyu-Monte-Karlo dunyoga «kazino» degan tushunchani tarqatgan muassasa sanaladi. Mamlakat ushbu o‘yin oldida qarzdor desa ham bo‘ladi. Chunki kazino XІX asrning oxirida iqtisodiy inqirozga uchragan mamlakatni bankrotlikdan qutqarib qolgan. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, kazinoda faqat xorijliklar o‘ynashi mumkin. Monako fuqarolari ushbu qimor o‘yinlarida ishtirok etishi taqiqlangan.

Mo‘ynoq tumani hududidan 20 barobar kichik bo‘lgan bu davlatga yiliga aynan kazino hisobiga 3 mln.dan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Monakoning aholisi soni 40 mingga yaqin. Mo‘ynoqda esa 33 ming kishi istiqomat qiladi.

Agar kazinoga ruxsat berilsa, u shahar tashqarisida alohida markaz sifatida quriladi. Bu kabi o‘yin maydonlari Rossiya va Qozog‘istonda ham mavjud...

QARORDAGI BAND NIMANI ANGLATADI?

Prezidentimizning 2020 yil 11 noyabrdagi «2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 8-bandida Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zona tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan turistik-ko‘ngilochar zonani tashkil etish yuzasidan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqib, amalga oshirilishini ta’minlash belgilangan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: turistik-ko‘ngilochar zona deganda kazino nazarda tutilmayaptimi? Ha! Aynan kazino nazarda tutilmoqda. Buni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov tomonidan tasdiqlangan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zonasini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi («Yo‘l xarita») mazmunidan bilsa ham bo‘ladi.

«Yo‘l xarita»da Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zonasini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi hamda kichik ishchi guruhlari tasdiqlangan. Unga ko‘ra, Ishchi guruh tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari A.Akkulov, Bosh prokuror o‘rinbosari A.Mavlonov va boshqalar kiritilgan.

Mazkur hujjatda tasdiqlangan Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinni legallashtirish va tegishli huquqiy-normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha kichik ishchi guruhga xorijiy davlatlarning tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar, kazino va shu turdagi boshqa o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq qonun hujjatlarni hamda amaliy tajribani o‘rganish, shuningdek, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va shu turdagi boshqa o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq milliy qonunchilikni inventarizatsiya qilish va natijasi yuzasidan takliflarni ishchi guruh kotibiga umumlashtirish uchun kiritish topshirilgan.

«Yo‘l xarita» bandlarida kazino biznesini elektron va real ko‘rinishda tashkil etish va shu kabi tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etish, pul o‘rniga maxsus jetonlar, fishkalar va boshqa to‘lov uslublarini qo‘llash bo‘yicha qoidalarini va ularni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

«Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish ham e’tibordan xoli qoldirilmagan va nihoyat «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega bo‘lgan turistik-ko‘ngilochar zona tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.

Demak, O‘zbekistonda ilk bor kazino va shu kabi tavakkalchilikka asoslangan o‘yin zonalari Mo‘ynoqda tashkil qilinishi tobora ayonlashib bormoqda.

Yesimxon QANOATOV,
Manba: «Ishonch» gazetasi 28 yanvar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘ynoqda kazino qurilishi tobora ayonlashib bormoqda: u o‘zi kerakmi?