Mourinyo: «Men Shevchenkoni emas, Eto’Oni transfer qilishni istagandim»
Shevchenko 2006-yil yozida «Milan»dan «Chelsi»ga taxminan 30 million funt sterling evaziga o‘tgan.
«Chelsi»ning sobiq, hozirda Madridning «Real» klubida faoliyat yuritayotgan bosh murabbiyi Joze Mourinyu 2006-yilda ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenkoning London klubiga transferi qanday amalga oshirilganini esladi.
«Abramovich futbolga nihoyatda qiziqqan inson edi, ammo futbol bilan bog‘liq vaziyatni yaxshi bilmasdi. Shevchenko xo‘jayin bilan va agentlar bilan aloqalari sabab transfer ro‘yxatida paydo bo‘ldi.
Men hech qachon uni transfer qilishni istamaganman, biroq bu haqda hech kimga aytmaganman. Shuning uchun bunda mening ham mas’uliyatim bor.
Men kimni transfer qilishni istaganimni bilishni xohlaysizmi? Eto’Oni», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltirdi BBC.
Shevchenko 2006-yil yozida «Milan»dan «Chelsi»ga taxminan 30 million funt sterling evaziga o‘tgan.
O‘sha paytda bu transfer «Chelsi» tarixidagi rekord xarid hisoblangan.