Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ikki kun davomida velosportning eng ekstremal yo‘nalishlaridan biri — "Mountain Bike" bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, turli yosh toifalarida yurtimizning eng iqtidorli sportchilari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Jumladan, chempionatning "Cross-country short track"  bahslarida kattalar o‘rtasida Kamron Yo‘ldoshev (Samarqand) va Viktoriya Polzunova (Sirdaryo) g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 17–18 yoshlilar orasida Shohrux Qodirov (Xorazm) hamda Roksana Hikmatova (Toshkent viloyati) zafar quchdi. Shuningdek, Nurmuhammad Pardaboyev (Samarqand) va Gulbahor Xo‘janazarova (Qoraqalpog‘iston) esa 15-16 yosh toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mamlakat birinchiligining "Cross-country" yo‘nalishida Kamron Yo‘ldoshev (Samarqand), Muhammad Baxtiyorov (Samarqand), Lochinbek Asadov (ROPSTTM), Viktoriya Polzunova (Sirdaryo), Roksana Hikmatova (Toshkent viloyati) hamda Gulbahor Xo‘janazarova (Qoraqalpog‘iston) o‘z yosh toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Ikki kunlik musobaqa natijalariga ko‘ra, Samarqand viloyati vakillari umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi va chempionlik kubogiga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Mountain Bike" bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi