Moskvada osmon o‘par bino tepasiga havo mudofaasi tizimi o‘rnatildi
Moskvadagi “Nordstar Tower” biznes markazi tomiga havo mudofaasi uskunasi o‘rnatildi. Video lavha vertolyot yordamida 42 qavatli inshoot ustiga “Pansir-SMD-E” tushirilayotgani aks etgan. Bunday qurilma asosan dronga qarshi kurashadi.
Ushbu tizimning jangovar moduli 7 km masofaga ucha oladigan 48 ta TKB-1055 "Gvozd" kichik o‘lchamli yer-havo raketasini tashiy oladi. Shuningdek, 20 kmgacha masofadagi nishonni ushlashga qodir standart 95Ya6 snaryadini ham otish imkoniga ega. Aniqlash masofasi 24 km.
RF poytaxtidagi eng baland binolardan biri hisoblangan “Nordstar Tower” 2009-yil qurib bitkazilgan. Inshootning umumiy maydoni 147 500 kvadrat metr. Minora “Rosneft” bilan chambarchas bog‘liq “Region” guruhiga tegishli.
S.Rahimov, O‘zA