Moskvada ishlamaydigan kunlar rejimi boshlandi
Moskva va uning atrofida koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelgani uchun “majburiy ta’tillar” rejimi boshlandi. Ayni damda restoran va kafelar, ko‘ngilochar muassasalar, kiyim-kechak do‘konlari, fitnes-klublar, kutubxonalar va boshqa ko‘plab ishxonalar yopilgan.
Moskvaliklar faqat oziq-ovqat va boshqa kundalik zarur mahsulotlar sotayotgan do‘konlarga, apteka, parklar hamda QR-kodi bilan ishlayotgan teatr va muzeylarga kirishi mumkin.
Xabarda ta’kidlanishicha, Moskva hokimi Sobyanin shaharda 28 oktyabrdan 7 noyabrgacha ishlamaydigan kun, deb elon qilgan. Shahar hokimining ta’kidlashicha, ushbu majburiy chora shaharda virus tarqalishi zanjirini uzadi.
(S.Rahimov)