Moskvada barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi
“Trend” xabar berishicha, Moskvada dam olish kunlariga belgilangan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.
Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
– Dam olish kunlari Moskvadagi barcha sport, madaniy va boshqa ommaviy tadbirlarni bekor qilishga qaror qildik. Ushbu chorani to‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman, – deb yozgan Sobyanin.