Mosbirja va RTS indekslari 45-48 foizga pasaydi
Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan savdoda Mosbirja indeksi 1 ming 700 punktga pastladi. RTS dollar indeksi esa 2016 yil fevraldan buyon ilk bor 700 punktga tushgan.
11:30 gacha bo‘lgan savdo ma’lumotlariga ko‘ra, Mosbirja indeksi 45,2 foizga, RTS indeksi esa 48,12 foizga arzonlashgan.
Valyuta bozorida rubl dollar va yevroga nisbatan kuchini yo‘qotmoqda. Ayni paytda dollar va yevro tarixiy eng yuqori narxda sotilmoqda.
Soat 10:00 gacha Mosbirjada bir dollar 89,6 rubl, bir yevro 99,99 rublga chiqqan.