Fotoreportaj

Bugun odamlarni ish bilan ta’minlash, biror faoliyat turiga jalb etishning eng samarali yo‘li – ularni kasb-hunarga o‘qitish ekani, mamlakatimiz tajribasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 

O‘tgan qisqa vaqt ichida yoshlar, ayniqsa, ishsiz aholi qatlamini bu tizimga jalb qilish, kelgusida oliy ta’limni davom ettirishidan qat’iy nazar, ularga hayotida asqatadigan biror hunarni o‘rgatish, egallagan kasbi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 

Ana shunday xayrli ishlar avvalida Prezidentimiz qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil etildi. Shunday monomarkazlardan biri Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 2021 yil iyun oyida ish boshlagan edi. Yiliga 2 ming 400 kishini o‘qitish imkoniyatiga ega markazda talab yuqori bo‘lgan qurilish, maishiy xizmat, texnik-muhandislik kabi sohalar bo‘yicha jami 26 ta kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun markazda zarur texnik vositalar, innovatsion xonalar, malakali pedagoglar jamoasi yaratildi. 

Markazning qisqa muddatli faoliyati natijasi bunday muassasa aholi, ayniqsa, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutayotgani, ehtiyoj va talab yuqoriligini ko‘rsatmoqda. 

Monomarkaz faoliyati band bo‘lmagan aholini kasb-hunar, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalarga o‘qitish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, shuningdek, tadbirkorlikka jalb qilish, fuqarolarga psixologik va yuridik xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. 

Markazda har bir kurs uchun belgilangan o‘qitish muddatlari va soatlar hajmi tegishli soha mutaxassislari, ish beruvchilar, “World Skills” hamjamiyati standarti, mehnat bozori talab, taklif va ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. O‘quv mashg‘ulotlari boshqa ta’lim tizimidan farqli o‘laroq 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy tarzda olib boriladi. 

Bitiruvchilarga o‘rta maxsus diplomi darajasiga tenglashtirilgan davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Bugunga qadar monomarkazda jami 1031 nafar tinglovchi o‘qishni tugatgan bo‘lsa, yana 319 nafari ayni paytda tegishli kasb-hunar bo‘yicha tahsil olmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish maqsadida monomarkaz tinglovchilarining yoshi, ijtimoiy va jismoniy holatini inobatga olgan holda dars o‘tishning turli innovatsion metodikalari yaratilmoqda. 

Quvonarlisi, ayni kezda o‘quv kurslarini tamomlab, o‘z ishini yo‘lga qo‘yishga erishgan yuzlab insonlar oilasiga daromad olib kirish barobarida, boshqalarni ham ish bilan ta’minlamoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Monomarkaz – aholi bandligini ta’minlashda yaqin ko‘makchi