Mo‘minov Temur Abror o‘g‘lining tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Akademik Ibrohim Mo‘minovning O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida
Mo‘minov Temur Abror o‘g‘lining 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi hamda 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi ixtisosliklari bo‘yicha “Akademik Ibrohim Mo‘minovning O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 23-sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Mirzo G‘olib ko‘chasi, O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 106-xona.
ZOOM manzili: https://zoom.us/j/4174447830
Tel.: (99871) 227-12-24; faks: (99871) 246-02-24.
ye-mail: nauka@nuu.uz