Buxoro viloyati Olot tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlar uchun Markaziy bank xodimlari tomonidan o‘tkazilgan amaliy o‘quv seminarda moliyaviy savodxonlik, raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, moliyaviy xavfsizlik va firibgarliklardan himoyalanish hamda “Finlit.uz” axborot-ta’lim resursining imkoniyatlari kabi mavzularda so‘z bordi.

– Seminarda ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, foizlarni hisoblash tartibi, raqamli moliyaviy savodxonlik, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kreditlash kabi asosiy yo‘nalishlar interfaol usulda tushuntirildi. Mahalla faollari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ayollar, yoshlar vakillari hamda ularning oila a’zolariga kredit tashkilotlari bilan ishlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Buxoro viloyati mintaqaviy markaz rahbari o‘rinbosari Nargiza Latipova. 

Markaziy bank mamlakatimizning chekka hududlarida xotin-qizlar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-ta’lim tadbirlarini davom ettiradi. Seminar ochiq muloqot ruhida o‘tdi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldi. Mazkur tadbir, fuqarolarni moliyaviy jihatdan mustaqil, ongli qaror qabul qiluvchi, oila va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etuvchi shaxslar sifatida shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moliyaviy savodxonlik bilan – orzular sari