Moliyaviy mustaqillik — odil sudlov kafolati
Huquqiy munosabat
Demokratik huquqiy davlat qurişning boş şarti — hokimiyat tarmoqlarining özaro tizimi va muvozanati, eng muhimi, sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini taʼminlaşdir. Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati ham aynan inson qadrini ustuvor qöyiş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişning institutsional mexanizmlarini mustahkamlaşga qaratilgan.
Şu maʼnoda, yaqinda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining «Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalaştiriş töğrisida»gi Qonuni ham mamlakatimiz odil sudlov tarixida yangi sahifani oçdi. Mazkur hujjat şunçaki byudjet jarayonini tartibga soluvçi normativ akt emas, balki suverenitet va konstitutsiyaviylikning muhim tayançi, sud mustaqilligining moliyaviy qalqonidir.
Konstitutsiyamizga köra, sud hokimiyati qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan mustaqil holda iş yuritadi. Biroq amaliyot şuni körsatadiki, agar sudlar moddiy va moliyaviy jihatdan ijro etuvçi organlarga yoki moliya tuzilmalariga boğliq bölsa, haqiqiy mustaqillik haqida gapirib bölmaydi.
Özbekiston Respublikasining «Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalaştiriş töğrisida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, sudlar faoliyatini moliyalaştiriş faqatgina Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobidan amalga oşiriladi. Bu esa sud tizimining har qanday vaziyat taqozosi bilan yuzaga keladigan özgarişlar yoki taşqi taʼsirlardan xoli bölişini kafolatlaydi.
Qonunda belgilangan yana bir muhim prinsipial qoida — sudlar faoliyatini moliyalaştiriş odil sudlovni töliq va mustaqil amalga oşiriş imkoniyatini berişi şartligidir. Har bir sud alohida bino, zamonaviy qöriqlaş va zarur avtotransport vositalari bilan taʼminlanişining qonuniy darajada belgilab qöyilişi sudyalarning öz vazifalarini xotirjam, heç qanday tösiqlarsiz bajarişi uçun muhim poydevordir.
Jahon tajribasiga nazar taşlaydigan bölsak, rivojlangan xorijiy davlatlar ham sud hokimiyatining moliyaviy kafolatlarini mustahkamlaşda aynan byudjet barqarorligi va mustaqil taqsimlaş mexanizmlariga tayanişini köramiz.
Xususan, Germaniya va Fransiyada sud tizimi xarajatlari davlat byudjetining alohida zaxira qilingan qismi sifatida şakllantiriladi. Hukumat (ijro etuvçi hokimiyat) byudjet loyihasini şakllantirişda sudlarning xarajatlarini kamaytirişga haqli emas. Agar iqtisodiy inqirozlar sababli byudjet xarajatlari qisqartirilsa ham, odil sudlov organlari bundan mustasno qilinadi.
AQŞ federal sudlarining byudjet sörovlari maʼmuriyat (Prezident maʼmuriyati) tomonidan özgartirilmasdan, töğridan-töğri Kongressga yuboriladi. Bu ijro hokimiyatining sud byudjetiga taʼsir ötkaziş imkoniyatini çeklaydi va hokimiyatlar balansini saqlaydi.
Estoniyada esa sudlar byudjetini şakllantiriş va mablağlarni taqsimlaş vakolati töliq Sudyalar oliy kengaşlari yoki sud özini özi boşqariş organlariga berilgan.
Yangi qabul qilingan qonunimiz orqali biz mana şu ilğor xalqaro standartlarni milliy huquqiy tizimimizga muvaffaqiyatli tatbiq etdik. Xususan, qonunning 8-moddasiga köra, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Sudyalar oliy kengaşi uçun ajratilgan mablağlar aynan ularning özlari tomonidan mustaqil taqsimlanadi. Bu esa moliyaviy resursdan oqilona va bevosita ehtiyojdan kelib çiqib foydalaniş imkonini beradi.
Özbekiston Respublikasining «Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalaştiriş töğrisida»gi Qonunning eng ilğor va amaliy jihatlaridan biri inflyatsiya yoki byudjet taqçilligi bahonasida sudlar xarajatlarini kamaytirişga qöyilgan qatʼiy taqiqdir.
Sudlar faoliyatini taʼminlaşga navbatdagi moliya yili uçun mablağlar, qoida tariqasida, ötgan moliya yilida ajratilgan mablağlardan kam bölmagan miqdorda ajratiladi.
Davlat byudjeti daromadlari prognozining ijrosi pasaygan taqdirda ham, sudlar faoliyatini moliyalaştiriş xarajatlarini kamaytiriş mutlaqo mumkin emas. Buning uçun soliq va byudjet qonunçiligiga, jumladan Byudjet kodeksining tegişli moddalariga ham zarur özgartirişlar kiritildi.
Bunday normaning mavjudligi mamlakatda iqtisodiy şaroitlar qanday bölişidan qatʼi nazar, odil sudlov tizimining uzluksiz işlaşini, sudyalar va sud apparati xodimlarining öz vaqtida hamda munosib rağbatlantirilişini kafolatlaydi.
Xulosa qilib aytganda, «Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalaştiriş töğrisida»gi Qonun — inson huquqlarini himoya qilişning işonçli moliyaviy-huquqiy poydevoridir. Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, moddiy va moliyaviy jihatdan mustaqil bölgan sudgina qonun ustuvorligini va adolatni tölaqonli taʼminlay oladi.
Bu qonun şunçaki davlat xarajatlarini taqsimlaş vositasi emas, balki jamiyatda qonunga hurmat ruhini mustahkamlaşga, fuqarolarning ertangi kunga bölgan işonçini oşirişga hamda Özbekistonning yangi taraqqiyot davridagi demokratik qiyofasini yanada yorqin körsatişga xizmat qiluvçi tarixiy qadamdir.
R.Ismaylov, Ğ.Maşkurov,
Özbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining sudyalari.
ÖzA