Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani va bugun bu borada ishlar zamirida shaffoflik muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.  

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.  

–Korrupsiya mamlakatimiz rivojiga katta to‘siqdir. Shu bois barcha xodimlar, avvalo, o‘z oilasi, Vatani uchun halol mehnat qilishi lozim. Vazirligimizda bu borada qator choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat xaridlariga oid “Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlari jarayonlarida inson omili ishtirokini kamaytirish hamda sohani raqamlashtirish maqsadida tanlash va tender savdolari 2022 yil 1 yanvardan majburiy tartibda elektron shaklda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi, — dedi vazir o‘rinbosari.  

Barchamizga ma’lumki, hozirgi vaqtda davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlardan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.  

Hususan, davlat xaridlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik — qonun va sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi holatlariga oid ma’lumotlarni ochiq axborot manbalarida e’lon qilib borish amaliy ahamiyatga ega.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boshqarmasi tomonidan taqdimot namoyish etildi.  

–Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlaridan jami 3 ming 699 ta manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiyalar olindi. Ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asosan 14 ta holatda qarindosh-urug‘chilik holatlari aniqlangan. Shuningdek, vazirlikning hududiy tuzilmalarida joriy yilning uchinchi choragiga asosan 7 ta salbiy holat sodir etilgan. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 5 ta holatda 7 nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, – dedi yetakchi mutaxassis Oybek Samadov.  

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moliya vazirligi tizimida 7 nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi