Mol-mulkdan olinadigan soliq stavkasi pasaytirildi
Andijonda O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ishtirokida soliq tizimi mutaxassislari, tadbirkorlar qatnashgan tadbirda joriy yil 1 yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar xususida so‘z yuritildi.
Unda mutaxassislar tomonidan joriy etilgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
[gallery-5514]
Tatbiq etilgan o‘zgartirishga asosan, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining stvakasi 2 foizdan 1,5 foizga pasaytirilib, tadbirkorlarga teng raqobat sharoitlarini yaratish maqsadida ko‘chmas mulk obektining 1 kvadrat metr uchun mutlaq qiymatda minimal miqdorlar belgilanligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida soliq to‘lovchilarni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha mutaxassislar batafsil tushuntirishlar berdi.
F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA