2018 yil Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida tadbirkor ayol Mohira Mamutova korxonasiga ham tasodifan kirgan edi. O‘shanda davlatimiz rahbarining shaxobchadagi ishchilarga bir joyda to‘xtab qolmasdan, har doim olg‘a intilish kerakligini ta’kidlagan fikrlari Mohira opani ruhlantirgan.

Shu kundan boshlab yurtdoshimiz o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga kirishdi. Bugungi kunda uning korxonasi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Tadbirkor hozir 102 nafar ayolni ish bilan ta’minlagan.

Mohira opaning eng katta yutuqlaridan biri ishchilarining ko‘pchiligi muhojirlikdan qaytgan ayollar hisoblanadi. Zero, u yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularni O‘zbekistonga qaytarishga bel bog‘lagan.

– Bu ishlarimiz Prezidentning tadbirkorlar uchun chiqargan qarorlari, imtiyozlari ortidan amalga oshmoqda, – deydi qoraqalpog‘istonlik tadbirkor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 18 avgustdagi farmoniga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirayotgan, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan bir guruh tadbirkorlar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

20 avgust kuni Yangi Toshkentda mazkur mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Ushbu marosimda aynan Nukus shahridagi “Good Cafe” oilaviy korxonasi rahbari Mohira Mamutovani uchratib qoldik. Qoraqalpog‘istonlik tadbirkor “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganidan juda xursand edi.

– Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida qatnashdim. Bu muloqotda ishtirok etishning o‘zi men uchun baxt va sharaf. Shuningdek, Prezident farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim, – dedi Mohira opa O‘zAga bergan intervyusida. – Bunday yuksak unvon bizga yanada shijoat bilan ishlash, rivojlanish, oldinga qadam tashlashda motivatsiya bo‘ldi. Biz, tadbirkor ayollar shu ishonchni oqlash yo‘lida yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun astoydil mehnat qilishga tayyormiz.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/flCwUnDkFlQ?si=wdEftUN6Ee30ZJrh" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mohira Mamutova: biz, tadbirkorlar xalqimiz farovonligi uchun astoydil mehnat qilishga tayyormiz (+video)