Mohir sportchilar saralandi
Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi birinchiligi bo‘lib o‘tdi.Ichki ishlar vazirligi va mamlakatimiz qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan ushbu sport turini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 160 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.
O‘z vazn toifasida Muso Mametov, Muhiddin Mamajonov, Kamoliddin Zokirov, Jahongir Jumayev, Sulton Allanazarov, Asomiddin Jahonov, Jahongir Mansurov raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi birinchi o‘rinni egalladi.