“Mohir qo‘llardan – mehrli qo‘llarga"
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 103-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
“Mohir qo‘llardan – mehrli qo‘llarga” shiori ostida bo‘lib o‘tgan yarmarkada yuzdan ortiq qo‘l mehnati namunalari taqdim qilindi.

Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida badiiy chiqishlar, qiziqarli shou-dasturlar namoyish etildi.


Mazkur yarmarka imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning kasb-hunar orqali daromad topishini rag‘batlantirish maqsadida har yili o‘tkazib kelinadi. O‘tgan 2022 yilda qo‘l mehnati bilan yasalgan mahsulotlarni sotish orqali 12 million so‘m daromad qilingan bo‘lsa, joriy yilda 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ topishga erishildi. To‘plangan mablag‘lar maktab-internatidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA