Mohidil va Asadbek - jahon chempionlari
Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi” majmuasida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining so‘nggi kunida terma jamoamiz hisobiga 2 ta oltin medal qo‘shildi.
Qizlar o‘rtasida -63 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mohidil O‘ktamjonova final jangida italiyalik Sofiya Frassikani mag‘lub etib, jahon chempionligiga erishdi.

Yigitlar o‘rtasida -51 kg. vazn toifasida Asadbek Samandarov hal qiluvchi bahsda tunislik Malek Mokra ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA