Navoiy viloyatiga Mo‘g‘ulistondan yana ming bosh “Bayad” zotli qo‘ylar olib kelindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 1 noyabr kuni “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda 9 million gektar yaylov bo‘lsa-da, chorva kamligini, kelgusi uch yilda 3 million gektar yaylov yaxshilanib, chorva 10 karra ko‘paytirilishini, shu boisdan chorvachilikni rivojlantirish uchun xorij tajribasini o‘rganish, hududning iqlim sharoitiga mos chet el chorva zotlarini olib kelib ko‘paytirish, amaliy va nazariy tamoyillarni integratsiya qilish borasida topshiriq bergan edi.

Berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassislari, naslchilik bilan shug‘ullanayotgan olimlar va chorvador tadbirkorlardan iborat delegatsiya Mo‘g‘ulistonda bo‘lib, Navoiy viloyatining iqlimiga mos qo‘y va echki zotlarini, jumladan, “torgut”, “kashemir”, “bayad”, “mo‘g‘ul” zotlarining o‘ziga xosligi, mahsuldorligi va nasldorlik xususiyatlari o‘rganilgan edi.

Mazkur qo‘ylar viloyatimiz yaylovlariga va iqlim sharoitiga tez moslanuvchan bo‘lib, delegatsiyaning Mo‘g‘ulistonga tashrifi davomida imzolangan bitimlar doirasida olib kelindi. Ushbu zotli qo‘ylar go‘sht-jun yo‘nalishida bo‘lib, ularning tirik vazni 70-80 kg, qo‘chqorlari 100-120 kg gacha, go‘sht chiqimi esa tirik vazniga nisbatan 60 foizni tashkil etadi.

O‘tgan yil yakuni va joriy yil boshida viloyatga 5 ming bosh qo‘y olib kelingandi. Joriy yilning oktyabr oyi yakuniga qadar tizimli ravishda 60 ta aviareysda 50 ming bosh, noyabr-dekabr oylarida yana 50 ming bosh, yil yakuniga qadar 100 ming bosh, 2026 yilda esa qo‘shimcha yana 100 ming bosh qo‘y olib kelinadi.

O‘z navbatida Navoiy viloyatidan Mo‘g‘ulistonga qovun, tarvuz va boshqa mevalar eksport qilish boshlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘ulistondan zotli qo‘ylar olib kelinmoqda