Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqandga yetib keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
[gallery-8767]
Soʻng Moʻgʻuliston Prezidenti Hazrati Xizr majmuasiga kelib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabriga gul qoʻydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Uxnaagiyn Xurelsux sammit doirasida xorijiy davlatlar rahbarlari bilan ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, Moʻgʻuliston 2004-yildan beri Shanxay hamkorlik tashkiloti huzuridagi kuzatuvchi davlat hisoblanadi.
A.MUSAEV,
O‘zA