Mobil telefon raqamlari onlayn auksionda sotiladi
“O‘zRTXB” AJ va “COSCOM” MChJ o‘rtasida “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning axborot tizimida pullik abonent raqamlarini sotish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksionni tashkillashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 avgust¬dagi “Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining-axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida tuzilgan va abonent telefon raqamlarini birjada onlayn auksion orqali sotish borasidagi o‘zaro hamkorlikni ko‘zda tutadi. Ushbu qaror va kelishuvga muvofiq, birja axborot tizimida elektron auksionni o‘tkazishning tegishli qoidalari ishlab chiqildi. Ayni paytda birja mutaxassislari tomonidan chiroyli sonlar ketma-ketligida mobil telefon raqamlarini onlayn auksion orqali sotish bo‘yicha yangi vebsayt ishlab chiqilgan va test sinovidan o‘tkazilmoqda.
Onlayn auksionda yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Yangi savdo mexanizmi O‘zRTXBning boshqa savdo platformalari kabi ochiqlik, oshkoralik, sog‘lom raqobat va ishtirokchilar uchun teng sharoitlarni yaratib berish tamoyillariga asoslanadi. Ushbu yangi savdo tizimi va vebsayt yaqin orada ishga tushishi kutilmoqda.
Manba: “Birja” gazetasi