Mobil raqamlar ham endi birjada sotiladi
Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi va “Mobiuz” (Universal Mobile Systems) mobil aloqa operatori oʻrtasida talab yuqori boʻlgan mobil raqamlarni birjaning onlayn autsioni orqali sotishga kelishdi.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasidan maʼlum qilishlaricha, kelishuvdan koʻzlangan asosiy maqsad “Mobiuz” kompaniyasining talab yuqori mobil raqamlarini onlayn tarzda sotish orqali ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.
Hamkorlik doirasida yaqin kelajakda “Mobiuz” kompaniyasining talab yuqori boʻlgan mobil raqamlari birjaning mobilraqam.uzex.uz platformasida sotila boshlashi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur savdo platformasi talab yuqori kombinatsiyaga ega boʻlgan uyali aloqa raqamlarini birjaning onlayn-auksionlari orqali sotish maqsadida 2019-yilda ishga tushirilgan.