Olmazor tumanida bunyod etilgan koʻngilochar maskanga nazar tashlar ekanman, oʻzimni dunyoning eng goʻzal mamlakatida, deb his qildim.

Vatan manzaralari

Poytaxtimizning Olmazor tumaniga bormaganimga ham ancha vaqt boʻlibdi. Taxminan uch yil. Yaqinda ish bilan borib, taniyolmay qoldim. Tumanning eng qoloq joylari ham obodonlashtirilib, goʻzal maskanga aylantirilibdi.

Tumandagi “Sohil boʻyi” koʻngilochar maskani mamlakatimiz rahbarining 5 ta muhim tashabbusi asosida obod va fayzli maskanga aylanibdi. Bu yerda vaqt oʻtganini sezmaysiz.

Maskanda kitob oʻqish, maʼnaviy va jismoniy hordiq chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar bor. Amalga oshirilayotgan islohotlar, ilgari surilgan tashabbus, mamlakatimizdagi bunyodkorlik ishlari hammasi bir-biriga chambarchas bogʻliqligini anglab yetdim. Bir tomonda chugʻurlashib velosiped uchayotgan bolalar, bir tomonda farzandlarini tabiat qoʻyniga sayrga olib chiqib, madaniy hordiq chiqarayotgan yosh oilalar, suv boʻyida oʻtirib mutolaa qilayotgan oʻgʻil-qizlar-u, yurtimizning mustaqillik toʻyiga bel bogʻlab xizmat qilayotgan hasharchilar, barchaning yuz-koʻzida bitta tuygʻu – baxtiyorlik hissi!

Bir donishmanddan soʻragan ekan:

– Moʻjiza bor narsami?

– Bor, – javob berdi faylasuf. – Quyoshning chiqishi haqiqiy moʻjizadir.

Men esa shu jumlani davom ettirmoqchiman: Oʻsha moʻjizali quyosh Oʻzbekistondadir.

Dilorom Omonova, nafaqadagi oʻqituvchi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moʻjizali quyoshi bor, Oʻzbekistonning
Фото
16:08 / 31:08:2019