MKBANK: xarid jarayonlari to‘liq raqamlashtirildi
“Mikrokreditbank” ATBda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning xarid hujjatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq jarayonlar raqamlashtirilganligini ma’lum qilamiz.
Tizimning asosiy afzalliklari va qulayliklari:
- Muddatlarning qisqarishi: Xarid hujjatlarini tizimga kiritish, ularni komissiya a’zolari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqish, e’tiroz yoki takliflarni bildirish hamda yakuniy xulosalarni shakllantirish muddati sezilarli darajada qisqaradi.
- Bosqichma-bosqich monitoring: Hujjatlarning har bir bosqichini dastur orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.
- Masofaviy tasdiqlash: Loyiha bo‘yicha ishlab chiqilgan xarid hujjatlari va Komissiya bayonnomalari qog‘ozda emas, balki ERI (Elektron raqamli imzo) orqali masofaviy tarzda tasdiqlanadi va to‘liq yuridik kuchga ega bo‘ladi.
- Eng asosiysi, yashil texnologiyalar: O‘nlab sahifalardan iborat qog‘oz hujjatlar aylanmasiga chek qo‘yilib, to‘liq ekologik xavfsiz raqamli tizimga o‘tildi.
“Mikrokreditbank” ATB zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali o‘z faoliyatining ochiqligi va tezkorligini ta’minlashda davom etadi.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida