Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Bu bog‘ xalqimizning Ikkinchi jahon urushi janggohlarida ko‘rsatgan qahramonligi, front ortidagi fidokorona mehnatini abadiylashtirish uchun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2020 yil 9 mayda ochilgan.

Majmua bir nechta hududga bo‘lingan. Hududlar esa alohida-alohida mavzularga bag‘ishlangan. Bu yerda urush dahshatlari, askarlar qahramonligi, front ortidagi ishchilar matonati, qayg‘u, shodlik va shukronalik aks ettirilgan.

Yuqori martabali mehmon halok bo‘lgan askarlarning xotirasini yodga oldi. Urush dastidan besh nafar o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga o‘rnatilgan «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Shuningdek, O‘zbekistonning urushdagi ishtiroki tarixiga bag‘ishlangan Shon-sharaf muzeyini ko‘zdan kechirib, Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu bog‘ qisqa davrda mehmonlar bilan gavjum maskanlardan biriga aylandi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mixail Mishustin Toshkent shahridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida bo‘ldi