Misrda qadimiy haykal topildi
Misr janubida joylashgan Asvan shahri hududida arxeologlar odam boshli va tanasi sheʼrnikiga oʻxshab ishlangan haykal topilgan
Misr janubida joylashgan Asvan shahri hududida arxeologlar odam boshli va tanasi sheʼrnikiga oʻxshab ishlangan haykal topilgan. Bu haqda Washington Post nashri xabar bermoqda.
Mamlakat Antik davr topilmalari vazirligi maʼlumotiga koʻra, haykal Kom Ombo ibodatxonasi atrofida, binoni yerosti suvlaridan muhofaza qilish yuzasidan olib borilayotgan qazishma ishlari davomida topilgan.
Tadqiqotchilar haykal Ptolemey davriga mansubligini taxmin qilmoqda.
Hukumat vakillari ushbu qadimiy topilma hududda turizmni rivojlantirishga oz boʻlsa-da turtki berishiga umid bogʻlagan.