Misrda 20 dan ziyod jangari yoʻq qilindi
Misr xavfsizlik kuchlari Sinay yarim orolida Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti) bayrami kunlari terrorchilik harakatini amalga oshirishni niyat qilgan 21 jangarini yoʻq qilishga erishdi.
Misr xavfsizlik kuchlari Sinay yarim orolida Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti) bayrami kunlari terrorchilik harakatini amalga oshirishni niyat qilgan 21 jangarini yoʻq qilishga erishdi. Bu haqda “Al-Arabiya“ telekanali Misr IIV maʼlumotiga tayanib xabar berdi.
“Milliy xavfsizlik kuchlari xodimlari Sinay yarim oroli shimolida joylashgan bir fermadan terrorchilar razil niyatlarini rejalashtirib oladigan va amalga oshirish uchun tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazadigan manzil sifatida foydalanishayotgani toʻgʻrisida axborotga ega boʻlishdi. Ular muqaddas Ramazon oyi yakunlanishi munosabati bilan nishonlanadigan marosimlar chogʻida terrorchilik tadbirlarini uyushtirmoqchi boʻlishgan“, — deyiladi telekanal axborotida.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligining aytishicha, terrorchilarni zararsizlantirish operatsiyasi paytida otishma yuzaga kelgan, Fermada 14 kishi oʻldirilgan va yana 7 nafar jangari yaqin oradagi uylaridan topilgan. Voqea joyida, xonadonlarda 13 avtomat, uchta sunʼiy portlatish moslamasi, shahid belbogʻi va ratsiya, shuningdek turli qurol-yarogʻ musodara qilingan.
Operatsiya davomida xavfsizlik kuchlarining ikki nafar zobiti ham yaralangani qayd etilgan.