Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi AQSH rahbari Donald Trampga “Nil” ordenini topshirishga qaror qildi, deb yozmoqda “Egypt Today” nashri.

Mukofot uning global tinchlikni qo‘llab-quvvatlash, mojarolarni bartaraf etish, ayniqsa, G‘azodagi nizoni tugatishdagi hal qiluvchi hissasi uchun beriladi.

Bugun tushdan keyin Sisi va Tramp hamraisligida Sharm ash-Shayx tinchlik sammiti o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda turli mamlakatlarning yigirmadan ortiq rahbarlari ishtirok etadi.

Forumning maqsadi – G‘azo sektoridagi ziddiyatni tugatish, Yaqin Sharqqa tinchlik va barqarorlik olib kelish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikning yangi sahifasini ochishdan iborat. 

Misr prezidentining yakshanba kungi bayonotiga ko‘ra, ushbu yig‘in Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Trampning mintaqada tinchlikka erishish g‘oyasi va butun dunyo bo‘ylab mojarolarni bartaraf etish bo‘yicha tinimsiz sa’y-harakatlari natijasida o‘tkazilmoqda.

Anjuman dasturiga Sisi va Tramp, shuningdek, ishtirokchi davlat rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari ham kiritilgan.

O‘.Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr yetakchisi Trampni “Nil” ordeni bilan mukofotlamoqchi