Misrdagi Al-Azhar universitetining “Savtul Azhar” (“Al-Azhar ovozi”) gazetasida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Imomning ikkita nodir kitobini o‘zbek tiliga tarjima qildi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Nashrning shu yil 23 oktyabrdagi 1288-sonida “O‘zbekiston tarixida ilk bor” epigrafi ostida chop etilgan maqolada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyuk muhaddis Imom Buxoriyning o‘zbek tiliga o‘girilgan “Xalqu af’olil ibod” va “Kitobuz zuafois sag‘ir” nomli kitoblari haqida so‘z boradi.  

Maqola muallifi Lutfiy Atiyya mazkur asarlarning mazmuni, ilmiy qiymati va islom ilmlaridagi o‘rni haqida ma’lumotlar keltirib, ularning tarjimasi O‘zbekistonda islom merosini saqlash va yanada kengroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlaydi. Mazkur asarlar islom ilmlariga oid kitoblar orasida eng ishonchli, salohiyat jihatidan eng mo‘’tabarlardan ekani, ularning tarjimasi esa Imom Buxoriy ilmiy merosini o‘zbek xalqiga yanada yaqinlashtirishga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, bu tarjimalar islom ilmlarini tushunish va ularni zamonaviy sharoitlarda qo‘llash uchun muhim resurs bo‘lishi mumkinligi e’tirof etilgan.

Maqolada xalqaro markaz direktori o‘rinbosari Otabek Muhammadiyevning Imom Buxoriy asarlarida ilm-fan, axloq va diniy masalalardagi asosiy qadriyatlar targ‘ib etilganiga oid fikrlari ham bayon qilingan. Uning mulohazalari sirasida “Kitobuz zuafois sag‘ir” zaif roviylar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olsa, “Xalqu af’olil ibod” asari aqidaviy va fiqhiy mavzularni yoritishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi,  bu kitoblar fiqh, aqida va fatvo masalalari bo‘yicha hadislarga asoslanib hukm chiqarishda dasturilamal bo‘lishi qayd etilgan.  

Maqola oxirida muallif bu ishlar faqatgina diniy bilimlarni emas, balki madaniy merosni ham saqlashga, islom tarixi haqida to‘g‘ri ma’lumot berish, halollik va samimiyat tuyg‘ularini shakllantirishda ilmiy asos bo‘lib, yoshlarning ilmga ishtiyoqini oshirishga hissa qo‘shishini ta’kidlagan.

Islom olamining nufuzli nashrlaridan biri hisoblangan “Al-Azhar ovozi” gazetasi haftaning chorshanba kuni Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari, doktor Shayx Ahmad Muhammad Toyyib homiyligida chop etiladi.  

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr nashri e’tirofi