Misr, Fransiya va Iordaniya qo‘shma bayonot e’lon qilib, xalqaro hamjamiyatni G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotni zudlik bilan to‘xtatish choralarini ko‘rishga chaqirdi. Uch davlat rahbarlari begunoh aholini himoya qilish, jabrlangan hududlarga gumanitar yordam to‘siqsiz kirishini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan.

Ushbu chaqiriq dushanba kuni Qohirada Misr Prezidenti Abdul Fattoh As-Sisi, Fransiya rahbari Emmanuel Makron va Iordaniya Qiroli Abdulla II ishtirok etgan sammit yakunida tasdiqlangan qo‘shma hujjatda aks etgan. Yetakchilar 19 yanvardagi almashuv bitimini zudlik bilan amalga oshirish zarurligini ta’kidlagan. Bu kelishuv barcha uchun xavfsizlikni ta’minlagan holda, garovga va hibsga olinganlar ozod etilishini kafolatlaydi.

Bayonotda tinch aholi va insonparvarlik xodimlarini himoya qilish, shuningdek insonparvarlik yordami yetkazib berishdan to‘liq foydalanish xalqaro huquq doirasidagi majburiyatligi, bunga rioya qilinishi shartligi alohida qayd etilgan. Shuningdek, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi vaziyat yomonlashuvidan xavotir bildirilib, ikki davlat tamoyili yechimining hayotiyligiga tahdid soluvchi, keskinlikni kuchaytiruvchi bir tomonlama choralarni to‘xtatishga chaqirilgan.

Makron, Abdulloh II va As-Sisi falastinliklar ko‘chirilishi yoki hududlarning har qanday anneksiyasiga qarshi pozitsiyani yana bir bor tasdiqlagan. Xalqaro hamjamiyat Misr tomonidan tayyorlangan G‘azo uchun arab-islom qayta tiklash rejasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirilgan.

Mazkur qo‘shma bayonot so‘nggi harbiy amaliyot oddiy aholi orasida sezilarli qurbonlar berilishi, infratuzilma vayron bo‘lishi orqali sektordagi vaziyat yomonlashuvi asnosida qabul qilindi. Xalqaro hamjamiyat mojaro avj olganidan xavotir bildirib, zudlik bilan qarshi choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.

Hafta boshida Fransiya, AQSH, Misr va Iordaniya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, G‘azodagi vaziyatni muhokama qilgan, muntazam o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va jabrlanganlarga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatni muvofiqlashtirish lozimligini ta’kidlagan edi.

Xalqaro tashkilotlar va turli mamlakatlar rahbarlari jahon hamjamiyatini begunoh aholini himoya qilish, xalqaro huquqni hurmat qilish muhimligini ta’kidlab, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, mojaroga tinch yo‘l bilan yechim izlashga chaqirishda davom etmoqda.

Avvalroq G‘azoga insonparvarlik yordami o‘tishi to‘xtagani haqida xabar berilgan edi. Isroil sektordagi harbiy amaliyotni kengaytirgan.

Fransiya va Saudiya Arabistoni iyun oyida Falastin bo‘yicha konferensiya o‘tkazishi kutilyapti.

G.Sattorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr, Fransiya va Iordaniya G‘azodagi harbiy harakatni to‘xtatishga chaqirmoqda