Munosabat

Dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz, olimu fuzalolarimiz ilmiy-ma’naviy merosi necha asrlarki o‘z ahamiyati va ilm-fandagi o‘rnini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, ajdodlarimizning boy ilmiy xazinasi bugungi ilm-fan rivoji va taraqqiyotiga, yangiliklarga, yangi ilmiy izlanishlarga turtki bo‘lib kelmoqda. Ularni o‘rganish, tadqiq va targ‘ib etish, shu bilan birga, buyuk ajdodlarimizning faoliyatini har tomonlama o‘rganish hamda yosh avlodni ajdodlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardandir.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 12 sentyabrda qabul qilingan «Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori muhim o‘rin tutadi.

Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy – buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi. U 1441-1449 yillarda Movarounnahrni boshqarib, ham hukmdor, ham olim sifatida yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. Samarqandda XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi.

Ulug‘bekning 1417-1420 yillarda Samarqandda qurdirgan madrasasi Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Shuningdek, G‘ijduvon va Buxoroda ham madrasalar qurdirgan. Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Buxorodagi Ulug‘bek madrasasi peshtoqida «Ilmga intilish har bir musulmon uchun farzdir» yozuvi saqlanib qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ulug‘bekning dastxati bizgacha yetib kelgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Mirzo Ulug‘bekning samarqandlik xattot Azizullo tomonidan nasx xatida taxminan 1439 yilda, Ulug‘bek 45 yoshda bo‘lganida ko‘chirilgan «Ziji Ko‘ragoniy» asari saqlanmoqda. Qo‘lyozma sahifalarida Ulug‘bekning tuzatishlari ham bor. Ushbu tuzatishlar esa uning dastxati, yozuvi haqida ma’lumot beradi.

Mustaqillik yillarida Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini har tomonlama o‘rganish va ommalashtirish, ilmiy merosini chuqur o‘rganish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi, ko‘plab tadqiqotlar qilindi. Yuqoridagi Prezident qarori ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Qarorda Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berildi. Xususan, 2024 yilda Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi, 10-11 oktyabr kunlari «Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Shuningdek, alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo‘lyozma va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli saqlash uchun zarur sharoit yaratish choralari ko‘riladi. Allomaning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida, «To‘rt ulus tarixi» nomli tarixiy asarining o‘zbek tiliga tarjimasini qayta nashr qilish ko‘zda tutilgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Mirzo Ulug‘bek davriga oid asarlar qo‘lyozmalarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Mirzo Ulug‘bekning boy merosini o‘rganish maqsadida xalqaro miqyosda keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib borish, shu mavzuda ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini o‘zbek tilida nashr qilish ishlari tashkil etiladi. Mirzo Ulug‘bek siymosi tasvirlangan, uning shaxsi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va allomaning ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali axborot vositalarini tayyorlash, media mahsulotlar va audiovizual asarlar yaratish hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, internet hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish kabi dolzarb vazifalar o‘z aksini topgan.

Buyuk ajdodimiz asarlarining, ilmiy merosining milliy va umuminsoniy mazmun-mohiyati beqiyos. Ular yosh avlod intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish hamda kelajagimiz egalarini Yangi O‘zbekistonning munosib bunyodkorlari etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, mazkur qarorda belgilangan vazifalar Mirzo Ulug‘bekning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va yosh avlod o‘rtasida targ‘ib etish, qolaversa, dunyo olimlarining e’tiborini yana bir karra jalb etishga, ajdodlarimizning asrlar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, sayqal topib kelayotgan ilmining dunyoga taralishiga xizmat qiladi. Buyuklarimiz ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish, ularga munosib izdosh bo‘lish esa bugungi davr avlodining burchi va vazifasidir.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzo Ulug‘bek siymosi va merosi yana bir bor dunyoga taraladi