Buxoroda jadidchilikning vujudga kelishi va rivojlanib borishida taraqqiyparvar va ma’rifatparvar muallim, noshir, xattot va shoir Abduvohid Burhonzoda Buxoriyning (adabiy taxallusi Munzim) xizmatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
XIX asrning 90-yillaridan Abdulvohid Burhonov Munzim taxallusi bilan ma’rifiy she’rlar yoza boshlaydi, keyinchalik esa amaliy faoliyatida ham ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadi. XX asrning birinchi o‘n yilligida Munzim yangi usuldagi maktab ochish uchun harakat qila boshlaydi. Buxorodagi dastlabki jadid maktabining ochilishi ham uning nomi bilan bog‘liq. U 1908 yili Samarqandga borib, jadid maktablaridagi o‘qitish uslubini Mahmudxo‘ja Behbudiy va Abduqodir Shakuriydan o‘rganadi va shu yili o‘z hovlisida jadid maktabi, 1909 yilda esa katta yoshdagilar uchun kechki maktab tashkil etadi.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni ma’rifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi Mirzo Abdulvohid Burhonovga bag‘ishlanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/15OGRmCdAs8" title="Mirzo Abduvohid Burhonov –Munzim (+video)" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA