Mirzaobodda yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi markaziy o‘yingohda “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan yoshlar sayli hamda gala konsert bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar sayli doirasida futbol, gimnastika, voleybol, arqon tortish, tosh ko‘tarish, shaxmat, tennis bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ko‘tarinki kayfiyatda, murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan musobaqalar gala-konsert ulanib ketdi.
Gala-konsertda elimiz suygan xonandalar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
[gallery-11520]
Gala-konsert yakunida yig‘ilgan yoshlarga joriy yilning 30 aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA