Mirzaobod tumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, qisqa uzilishlarni kamaytirish hamda energetika tizimining ishonchliligini oshirish maqsadida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.

Bu ishlar nihoyasiga yetgach, nafaqat yog‘ingarchilik kunlarda, balki boshqa vaqtlarda ham aholini qiynab kelgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarga o‘rin qolmaydi.

–   Tumanning 31,6 km uzunlikdagi 0,4–10 kVli havo elektr tarmoqlari va 7 ta zamonaviy transformator punkti qurilishi rejalashtirilgan. Hozirda Tinchlik mahallasida 12,2 km uzunlikdagi 0,4–10 kVli elektr uzatish tarmog‘i hamda qo‘shimcha 2 dona, har biri 160 kVA quvvatga ega transformatorlarni o‘rnatish jarayoni davom etmoqda,  –   deydi Mirzaobod tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi Ikrom Norqo‘ziyev.

Eng asosiysi, bu boradagi ishlarga tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi xizmatchilari va mavjud texnika vositalari safarbar etilgan. Maqsad – belgilangan yumushlarni qish qirovli kunga qoldirmasdan tugatish va mahalla aholisini ishonchli hamda barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo filiali rahbariyatining ta’kidlashicha, bu ishlar nafaqat tarmoqlar samaradorligi va ishonchliligini ta’minlaydi, balki aholi uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratishga ham xizmat qiladi.

–   Elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilsa, tizim xodimlaridan xafa bo‘lgan kunlarimiz ko‘p bo‘lgan. Ammo endi bunday muammolar va xafagarchiliklarga o‘rin qolmaydi. Muhimi, yangi tarmoq va yangi transformator punktlari elektr energiyasi yetkazib berilishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bundan nafaqat men, balki aholimiz ham xursand. Shuning uchun yurtboshimizga minnatdorchilik bildiramiz,    –   deydi Mehnat faxriysi Abdushokir Bekmirzayev.

Bu loyihalar mahalla aholisi va mahalliy korxonalar uchun uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlabgina qolmay, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashda ham muhim ahamiyatga ega.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzaobodda elektr ta’minoti uzluksiz va ishonchli bo‘ladi