Mirsaidova Umida Akmalovnaning tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Dermatopatiyalar bilan bog‘liq endokrin kasalliklarning klinik, gormonal, diagnostik jihatlari” mavzusida
Mirsaidova Umida Akmalovnaning 14.00.03 – Endokrinologiya hamda 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya ixtisosliklari yuzasidan “Dermatopatiyalar bilan bog‘liq endokrin kasalliklarning klinik, gormonal, diagnostik jihatlari” mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi oflayn (oflayn) va onlayn (onlayn) tarzda Akad. Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.10.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-aprel soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 56-uy. Ma’muriyat binosi, 2-qavat, majlislar zali.
Tel: (99871) 262-27-02
e-mail: scienceendo@endomarkaz.uz