Poytaxtimizda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov hamda mazkur tuman prokurori Bobur Abdullayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Bitiruvchi yoshlarning murojaat va muammolarini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash, amaliy yordam berish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida hokim va prokuror tomonidan tumanda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim va ish bilan bandlik sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.  

Yoshlar esa o‘z biznes g‘oyalari, startap loyihalari haqida gapirib, ularni amalga oshirishda ko‘mak so‘radi. Bu borada tuman hokimi mutasaddi idoralarga tegishli vazifalarni belgilab, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriqlar berdi.  

Tadbir doirasida yoshlarning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan texnik va moddiy yordam berildi.  

Jumladan, 125-umumta’lim maktabi uchun 190 million so‘mlik kompyuter jihozlari, 2-sonli sport maktabining sport zali ta’miri uchun 300 million so‘m, 214-sonli “Jasorat maktabi” sinf xonalarini jihozlash uchun 500 million so‘mlik sertifikat topshirildi hamda tuman Axborot-resurs markaziga 6 ta kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.  

Tadbirda qayd etilganidek, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning davlat organlariga ishonchi va faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir amaliy qadam bo‘ladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirobod tumanidagi maktablarga 1 milliardga yaqin pul ajratildi