“Ta’lim sifati” tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, ta’lim oluvchi miqyosida ta’lim mazmuni (bilim, faoliyat yuritish usullari, ijodiy faoliyat tajribasi, hissiy-ahamiyatli munosabatlari)ni o‘zlashtirish, individual imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya intilishlari va maqsadlariga muvofiq ta’lim jarayonining turli bosqichlarida erishadigan jismoniy, psixik, axloqiy va fuqarolik rivojlanishning ma’lum bir darajasi tushuniladi.

Ta’lim sifatini boshqarish deganda loyihalashtirishni ta’minlash, ta’lim jarayonlari sharoitlariga erishish va qo‘llab-quvvatlash, uni amalga oshirish va buning natijalari tushuniladi. bugungi kunda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha «Yevropa hududida Oliy ta’lim sifatini kafolatlash standartlari va ko‘rsatmalari» (ENQA), Sifat menejmenti bo‘yicha Yevropa fondi standartlari (EFQM) va ISO 9000:2000 seriyali sifat menejmenti bo‘yicha standartlar (GOST R ISO 9000–2001) kabi xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimiga ISO 9001:2000 ni qo‘llash bo‘yicha istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar amalga oshirilmoqda.

Dunyoda ta’limning beshta sifat bosqichi mavjud. Bular faoliyatga, jarayonga, tizimga, zanjirsimon tizimga yo‘naltirilgan hamda umumiy sifat menejmenti. Har bir sifat darajasi oliy ta’lim muassasasining takomillashganlik darajasini aniqlovchi savollar va vositalar orqali aniqlanadi.Bu beshta takomillashish darajasi o‘sishning yo‘nalishi yoki boshqa so‘z bilan aytganda, takomillashish uchun yo‘nalish, bunda OTM barcha besh darajani tartib bo‘yicha, ketma–ket, birinchidan boshlab va takomillashishning oxirgi eng yuqori darajasi bilan tugatadi. Har bir mezonda «Deming sikli» (Plan – Do – Chesk – Act) amalga oshiriladi, ya’ni doimiy takomillashish jarayonini ko‘zlaydi. Mazkur sikl OTM larda sifatni ta’minlashda metodologik asos sifatida xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida joriy qilinayotgan ta’lim tizimining milliy modeli ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va mamlakatimizga xos bo‘lgan jihatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan. Mamlakatimizda ta’lim tizimining milliy modelini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmokda. Buning natijasida yangi ta’lim tizimi takomillashtirilib borilmokda. Ushbu jarayon uzluksiz hisoblanadi. Bir tarafdan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ikkinchi tarafdan dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv jarayoni yangi shart-sharoitlarni, o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida mintaqaviy va xalqaro tendensiyalar doirasida oliy ta’limning dolzarbligi va uning sifatini ta’minlashmaqsadida oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha har bir oliy ta’lim muassasasining jahondagi yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini qurish kabi bir necha ustuvor vazifalar belgilandi.

Yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish avvalo oliy ta’limda namunaviy o‘quv reja, namunaviy fan dasturlari va davlat ta’lim standartlarini ish beruvchilarning talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish, shaffoflik va adolatni ta’minlash maqsadida talabalar bilimini baholashning kredit tizimini bosqichma-bosqich joriy etish,oliy ta’lim tizimi sifatining monitoringini zamonaviy talablari asosida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

Mintaqaviy va xalqaro tendensiyalar doirasida oliy ta’limning dolzarbligi va uning sifatini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Bu muammolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775–sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan va ularni bartaraf etish mexanizmi belgilab berilgan. Xususan:

birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti;

ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;

uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda;

to‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilmaganligi ushbu sohada ko‘plab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda;

beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi sezilmayapti, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati hanuzgacha qoniqarsiz bo‘lib qolmoqda;

oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilmagan;

yettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan.

Yuqoridagi ta’kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimining sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Bular o‘quv jarayoni sifati, rrofessor-o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va ilmiy salohiyati, Oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minoti sifati, Oliy ta’lim muassasasining sifat siyosati, Ta’lim marketingi xizmatlari sifati, Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining ma’mur menejerlik siyosati, Bitiruvchilarning sifati, OTMlarni moliyalashtirish sifati, OTMlarga kiradigan abituriyentlarning sifati, ARM va kutubxona xizmati sifati.

Ta’lim sifati muhim kategoriyalardan biri bo‘lib, unga muvofiq xalqaro amaliyotda besh asosiy yo‘nalish ajratiladi: birinchidan, ta’limning sifatini ta’minlash – oliy o‘quv yurtining nufuzini oshirish, chunki bunday oliy o‘quv yurtining bitiruvchisi mehnat bozorida qulayroq mavqega ega bo‘ladi;ikkinchidan, ta’lim standartlariga muvofiqlik; uchinchidan, mijozni qanoatlantiruvchi ta’limgina sifatli hisoblanishi mumkin;to‘rtinchidan, iste’molchi sifatni belgilaydi va uning har qanday istagi bajo keltiriladi. Eng muhimi, oliy o‘quv yurti bunga pul oladi; beshinchidan, oliy o‘quv yurti jamiyatga, o‘zi joylashgan mintaqaga foyda keltiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda mintaqaviy va xalqaro tendensiyalar doirasida oliy ta’limning dolzarbligi va uning sifatini ta’minlash: oliy ta’lim tizimida malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala bo‘lib, oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga xorijiy tajribalarni tatbiq etish va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish, oliy ta’lim tizimni boshqarishning zamonaviy modernizatsiyalashgan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, ta’limning me’yoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonini tashkillashtirish va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritishdagi huquq va erkinligini kengaytirish bugungi kunning dolzarb masalasi sanaladi.

A.R.Hamroyev,

Buxoro davlat universiteti

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi

kafedrasi mudiri,

pedagogika fanlari doktori.

Q.R.To‘xsanov,

Buxoro davlat universiteti

Maktabgacha va boshlang‘ich

ta’lim fakultet dekani

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mintaqaviy va xalqaro tendensiyalar va ularning ahamiyati