Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazining yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.
Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2020 yil 2 oktyabrdagi navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi bayoni 121-bandida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Nukus shahrida joylashgan harbiy qismi negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari Milliy gvardiya boshqarmalari harbiy xizmatchilari, Qo‘riqlash bo‘linmalari va ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan Mintaqaviy o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha normativ huquqiy hujjat loyihasini kiritish, o‘quv markazi shtat birliklarini shakllantirish vazifalari belgilangan edi.
2020 yilning dekabr oyida o‘quv markazini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish uchun zarur loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi tomonidan tasdiqlandi.
Prezidentimizning 2021 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xarbiy xizmatchi va xodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibi xamda vazirlik va idoralarning qo‘riqlash (xarbiylashtirilgan, qorovullik) bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, o‘quv jarayonini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya vositalaridan keng foydalangan xolda tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib olingan.
[gallery-3879]
Unga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2021 yil 9-apreldagi qarori bilan Mintaqaviy o‘quv markazi qurilish ta’mirlash ishlari birinchi bosqichida shtab, o‘quv va yotoqxona binolarini kapital ta’mirlash uchun 2 milliard 332,3 million so‘m mablag‘ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Harbiy-ma’muriy sektor hisobidan ajratildi. Joriy yil 10 martdan “Gentiklash qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan mintaqaviy o‘quv markazining birinchi bosqich qurilish ishlari boshlanib, 2021 yil 30 iyul holatiga shtab, o‘quv binosi va tinglovchilar yotoqhonasini kapital ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida yakunlandi.
Shuningdek, “RAMZAN GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan mintaqaviy o‘quv markazining ikkinchi bosqich qurilish ishlari boshlanib, xozirgi kunda izchillik bilan davom ettirilmoqda.
2021 yilning iyun-iyul oylari davomida jami 125 nafar qo‘riqlash xizmatining safdor va serjant xodimi bevosita Markazda boshlang‘ich tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturi asosida an’anaviy shaklda ta’lim olgan bo‘lsa, 25 nafar Qo‘riqlash bosh boshqarmasi qo‘riqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) bo‘linmalari ishchi va xizmatchilari boshlang‘ich tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturi asosida an’anaviy shaklda ta’lim oldi.
O‘quv reja va dasturlarini tayyorlashda asosiy e’tibor Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘qotar qurolni qo‘llash hamda mustaqil ravishda xizmat faoliyatlarini olib borishlariga, shuningdek o‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligiga, nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga mos bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘qituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatini oshirish, ular tomonidan o‘quv-uslubiy hamda ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borilishini yanada takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi xamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalari va Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi bilan tuzilgan hamkorlik rejasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha rasmiylashtirilgan alohida hamkorlik dasturi asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Markazda bugungi kunda 6 ta ӯquv, 2 ta qӯriqlash va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan sinf tashkil etildi.
Tadbirda bir guruh harbiylarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, “Namunali xizmatlari uchun”, “Ma’naviyat a’lochisi” ko‘krak nishonlari, esdalik qo‘l soati, Faxriy yorliqlar topshirilib, muddatidan oldin rag‘batlantirish tariqasida navbatdagi maxsus unvonlar berildi.
Ishtirokchilar mintaqaviy o‘quv markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev ishtirok etdi.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA