Namanganda ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy mini-texnologiyalarni keng jalb etish masalasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Mutaxassislar tomonidan zamonaviy mini-texnologiyalarni izlab topish, tijorat takliflari olish va elektron shartnomalar imzolashning tashkiliy masalalari, tadbirkorlik subyektlarining chet eldan texnologiyalar olib kelish tartibiga doir batafsil tushunchalar berildi.

– Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmonlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va samaradorligini oshirishdir, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Muhammadayubxo‘ja Apaqov. – Kichik biznes, xususan, sanoat ishlab chiqarishida Xitoyda ishlab chiqarilayotgan asbob-uskunalar, zamonaviy mini-texnologiyalar, yuqori quvvatli ishlab chiqarish liniyalari tobora keng o‘rin egallamoqda. Ularni viloyatdagi tadbirkorlik subyektlariga jalb etish, shartnomalar tuzish va texnologiyalarni keltirishga ko‘maklashishda bunday tadbirlar samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yilda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasiga zamonaviy mini-texnologiyalar va chet el sarmoyalarini jalb etishga ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilgan saksondan ortiq tadbirkorlik subyektiga xorijda o‘tkaziladigan yarmarkalar va ularda qatnashish tartib-qoidalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. O‘ttizdan ziyod tadbirkorlik subyektining xorijda tashkil etilgan yarmarkalarda ishtirok etishi va o‘ndan ortiq shartnomalar tuzilishiga erishildi. Natijada joriy yilda viloyatda 12 tadbirkorlik subyekti xorijdan umumiy qiymati 1 million 90 ming AQSh dollarilik zamonaviy mini-texnologiyalar keltirib, ishlab chiqarishga joriy etdi. 

Seminarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, chet el investitsiyalari hamda mini-texnologiyalarini yanada keng jalb etish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mini-texnologiyalar – davr talabi