Mini-futbol bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” g‘oliblari aniqlandi
Shu kunlarda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” musobaqalari yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Xususan, poytaxtimizning Sergeli tumanida mini-futbol musobaqasi bo‘yicha mahallalararo bosqich uchrashuvlari yuqori saviyada tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Musobaqada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Shuningdek, “Yoshlar oyligi” doirasida yoshlarni yashil maydonda birlashtirgan mazkur musobaqaning Respublika bosqichi chinakam shijoat maydoniga aylandi.
Hududlardan tashrif buyurgan jamoalar yashil maydonda chinakam iroda, yuksak mahorat va chiroyli o‘yin namoyish etishdi. Turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng kuchli jamoalar shohsupadan joy oldi.

Jumladan, 1-o‘rinni Sirdaryo viloyati, 2-o‘rinni Andijon viloyati hamda 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati jamoasi egalladi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
G.Boboyeva,
O‘zA