Buxoro viloyati hokimligi, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat boshqarmasi, boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida Buxoro shahridagi “Somoniylar” istirohat bog‘ida “Milliy qadriyat – millat merosi” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.

Festivalda viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim dargohlari o‘qituvchi va talabalari, shahar va tumanlardan har jabhada faol, izlanuvchan yoshlar vakillari, tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar ishtirok etdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan maqsad jamiyatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, milliy qadriyat va an’analarimiz boqiyligini keng targ‘ib etish, ayniqsa, yoshlarni yurtga va ko‘p ming yillik ezgu an’analarga, milliylikka  sadoqat ruhida kamol topishlariga ko‘maklashishidir.

O‘ziga xos saylga aylangan festivalda o‘quv jamoalari tomonidan turli hunarmandchilik namunalari, milliy pishiriqlar, qo‘l ishlari, amaliy va badiiy san’at asarlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish qilinib, madaniy-ma’naviy,  badiiy chiqishlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.

Shuningdek, festivalda “Milliy libos hammaga yarashadi” chellendji, Romitan tumanining “Ayol – qadriyatlar davomchisi” tanlovi tuman bosqichi, milliy o‘yinlar, yoshlarning milliy liboslar “karvoni” kabi tadbirlari barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur festival oila va turmush doirasida hamda jamiyatda ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, erta nikoh va tug‘ruq holatlarining oldini olish, turmushda ayollar duch kelayotgan zo‘ravonliklarga barham berish, oila ma’naviyati va ayollar ma’rifatini oshirish, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi targ‘ibot ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliylikni namoyish etgan festival