Milliylikda aks etgan zamonaviy liboslar
Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi hamkorligida milliy liboslar taqdimoti tashkil etildi.
“Milliylikda aks etgan zamonaviy liboslar” mavzuidagi taqdimotda atlas, adras, beqasam singari matolardan tikilgan ko‘rkam, xushbichim milliy liboslarimiz namoyish etildi. Tadbirda shuningdek, maktabning badiiy liboslar dizayni yo‘nalishi o‘quvchilari tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar chizmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ma’lumki milliy kiyimlar xalqlarning tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular biror bir millat yoki elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, diniy va estetik shakllarning o‘ziga xos unsurlarini ifodalaydi. U millatning ma’naviy kamoloti, boy qadriyati sanaladi.
bugungi tadbir xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va merosini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-1984]
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.