Mustaqillik davrida asrlar davomida shakllangan xalq bayramlarini qayta tiklash va ularni ommaviy tarzda nishonlashga alohida e’tibor qaratildi. Ommaviy xalq bayramlari teatrlashgan tomoshalar timsolida yangi mazmun kasb etmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt mobaynida bu sohada o‘ziga xos tajriba to‘plandi va bayramlar bilan bog‘liq yangi san’at turi dunyoga keldi. Bu keng miqyosda nishonlanadigan teatralashgan maydon tomoshalaridir. «Navro‘z» umuxalq bayrami va Mustaqillik bayrami tadbirlari o‘zida o‘zbek xalqi san’atining eng nodir yutuqlarini birlashtiradi. Bu tomoshalar shunchaki turli san’atlar, qo‘shiq, raqs, askiya, milliy urf odatlar, hayotdan olingan hodisalarning yonma-yon, birin ketin berilishi emas, balki ularni katta maydonlarga moslashtirib, badiiy qayta ishlash, bir-biriga singdirib, mutanosiblik va uyg‘unlik hosil qilishdir. Binobarin, «Navro‘z» umuxalq bayrami va Mustaqillik kuni bayrami tomoshalarini tashkil etish va o‘tkazish mohiyatan bir-biridan tubdan farq qilmasada, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Mustaqillik bayrami ko‘proq siyosiy yo‘nalishda bo‘lib, uning dramaturgiyasi asosan mamlakatimizning istiqlol davrida qo‘lga kiritgan yutuqlarni namoyish etishga qaratiladi.

O‘zbek an’anaviy teatri Sharqning qadimiy tomoshalariga asoslangan bo‘lib, uning dastlabki kelib chiqish tomirlari ibtidoiy jamiyatdagi munosabatlar ichiga kirib boradi. Bu hol uning ilk yaralish manbalarini O‘rta Osiyo tuprog‘idan va shu yerda yashagan qadimiy xalqlarning ijtimoiy hayotidan, milliy xususiyat va an’analaridan, millatning tabiatidan qidirishga da’vat qiladi.

Tomosha turlarining undan o‘sib chiqqan barcha san’at janrlarining bosh manbai, asl zamiri, ilk chashmasi — mehnat ekanini tarixchisi olimlar ko‘rsatadi. Rus faylasufi G. V. Plexanov bu haqda «O‘yin — mehnat farzandi» deb uqtiradi. Bas shunday ekan, ibtidoiy jamiyat tomoshalarining kelib chiqish manbalarini dastlab mehnat jarayonidan, ibtidoiy jamoa kishisining ishlab chiqarish faoliyatidan qidirsak to‘g‘ri bo‘ladi. «Agar biz mehnat tomoshadan burun tug‘ilgani va umuman inson eng avval narsalarga va hodisalarga tirikchilik, naf ko‘rish nazari bilan qaragani, bora-bora uning qarashlari estetik jihatdan muomila qilishga o‘tgani haqidagi fikrni o‘zimizga singdirmasak, ibtidoiy jamiyat madaniyati tarixini tushunolmaymiz»- deb yozgan edi G.V.Plexanov.

Ibtidoiy odamning kun kechirishi benihoya og‘ir bo‘lganidan, ular to‘da-to‘da bo‘lib, jamiyat shaklida yashashardi. Tabiatning dahshatli hodisalariga birgalikda qarshilik ko‘rsatib, yashash uchun kurash olib borardilar. Bu davr odamlari hali ma’dan - temir nimaligini bilmasdi, ammo toshdan ishlab chiqarish qurollari yaratishga qodir edi. Negaki, odamning tabiat hodisalarini, uning rang va tafovutlarini, ohang va boshqa sifatlarni bilishga qiziqishi har vaqt mehnat jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.

Odamning yashashi uchun kerak bo‘lgan narsalarni topishga intilishi, tabiat hodisalari ustidan hukmronlik qilish istagi sezgi organlarini, ong va talaffuzini taraqqiy etkazdi. Inson ongi va talaffuzining taraqqiy etishi bilan birga odamlarda tar sonini va shaxar biat go‘zalligidan, ranglardan va ohanglardan ta’sirlanish, qo‘l mehnati bilan yaratilgan narsalarda o‘z tuyg‘ulari va fikrlarini aks ettirish, biron material vositasi bilan real dunyoni badiiy tasvirlashga ehtiyoj sezgisi ham o‘sib boradi. Bunday estetik sezgilar boshlang‘ich davrda juda qo‘pol bo‘lgani tabiiydir. Ammo: musiqani, ohanglarni ajratuvchi quloq; nafosat va turli shakllarni his qilib qadrlovchi ko‘z; hid va ta’m biluvchi va huzur qilishiga layoqatli bo‘lgan a’zolari inson qudratining asl mohiyatini belgilovchi tassavvur tayangan tafakkurni ilk kurtaklari edi.

Bir zamonlarda avlod-ajdodlarimiz yashagan hozirgi O‘zbekiston yerlari iqlimi, tabiiy boyliklari jihatidan ibtidoiy odamlar yashashi uchun qulay makon bo‘lgan. Bu tuproqda kishilik tarixining ilk bosqichlaridan boshlab aholi yashagan. Keyingi yillarda Toshkent g‘arbida, Shoim ko‘prik mavzuidan quyi poleolit davri qurollari, Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘oridan bundan yuz ming yil burungi neandertal (o‘rta poleolit) odam suyagining topilishi, Samarqand yaqinidagi Omonqo‘ton qishlog‘i ustidagi g‘ordan olingan tosh qurollar, Surxondaryoning Zarao‘t Kamarida qizg‘ish rangda tasvirlangan suratlar, Xo‘jakat qishlog‘idagi toshlarga chizilgan katta kiyik va ho‘kiz tasvirlari, Toshkent shimoliy va janubiy kanali qurilishida, Ayritom xarobalarida, Qizilqumda turli qurol va ro‘zg‘or buyumlarining, Samarqand yonidagi Ilonsoy va Oqsoyda Farg‘onadagi Suratsoy va Saymalitoshda topilgan yovvoyi hayvonlar, shikor vaqti, turli ibtidoiy marosimlar aks ettirilgan suratlar, Boysun tog‘laridagi Amir Temur g‘oridan, Uzboy atrofidan neolit davri madaniyatining qoldiqlari, Kalta Minor (Xorazm) chaylasi, Moxondaryo havzasidagi Zamonbobo, Chust yonidagi Bo‘vanamozor (metall davri) degan joyda ibtidoiy odamlarning istiqomat joylari ochilganligi va turli qazilmalar vaqtida topilgan juda ko‘p sopol idishlar -xullas bu obida, yodgorliklarning hammasi hozirgi O‘zbekiston territoriyasida yuz ming yillardan buyon odamlar yashaganligini, ularning ibtidoiy jamiyat davridayoq o‘ziga xos madaniyati shakllana boshlaganini to‘la tasdiqlaydi.

«Biz tarixga inson bilan birga kiramiz» degan edi faylasuflardan biri. Bu fikr tomosha tarixini o‘rganishga ham taalluqlidir. Chunki san’at odamning dunyoga kelishi, sezgisi, idroki va nutqining paydo bo‘lishi bilanoq tug‘ila boshlaydi. San’at-insonning go‘zallikka bo‘lgan intilishining mevasi bo‘lib, inson hayotining ajralmas qismi sifatida mavjuddir.

Mana shu ibtidoiy davr tasviriy san’at yodgorliklari tomosha turlarining eng sodda elementlarining tug‘ilish jarayonini aniqlab olishga yordam beradi. Biz yuqorida bayon qilgan suratlarda ibtidoiy jamiyat odamlarning tirikchilik manbalari — asosan ovchilik bo‘lganini ko‘rdik. U davrlarda ov yalpi o‘tkazilar, hamma birga ishlar, birga kurashar edi. Ov unumli bo‘lishi uchun odamlar turli diniy e’tiqodlardan, turli usul va hiylalardan foydalanishgan. Chunonchi ibtidoiy odamlar ov vaqtida har xil yovvoyi hayvon va qushlarning terisiga niqoblanib, shu yo‘l bilan yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormay, osongina ularga yaqinlashar va qo‘lga tushirar edilar.

Bayram so‘zining ma’nosi quyidagicha:

1. Tarixiy, madaniy-ma’naviy an’analarga ko‘ra rasmiy yoki norasmiy ravishda uyushtiriladigan umumxalq shodiyonasi kuni, tantana kuni: Mustaqillik bayrami. Navro‘z bayrami. G‘alaba bayrami. Yangi yil bayrami.

2. Biror-bir munosabat bilan o‘yin kulgi ishtirokida tantanali ravishda o‘tkaziladigan tadbir: Oilaviy bayram. Archa bayrami. Sport bayrami. She’riyat bayrami. San’at bayrami.

3. Vaqtichog‘lik, xursandlik; baxt, omad.

Bayram ijtimoiy mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan bo‘lib, shodiyona, xursandchilikni vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi. Ommaviy bayramlarning ommabopligi shundaki, birinchi navbatda, u amaliy namoyish etilganda, uning chuqur ijtimoiy- psixologik ildiziga ega ekanligi namoyon bo‘lib, sahnalashtirish jarayonida tasodifiy hodisa va elementlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy bayramlar ba’zi bir tashkilotchi yoki tashkilotning xohishiga qarab o‘tkazilmasdan, balki keng xalq ommasining bayramga bo‘lgan an’anaviy ehtiyoji tug‘ilganda o‘tkazilsa, haqiqiy bayram tomoshasi yuzaga keladi. Mustaqillik g‘oyalarini keng xalq ommasiga singdirish, ulardagi yuksak fuqarolik tushunchalarini tarbiyalashda ommaviy bayramlarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Hech qaysi teatr, hatto eng kattasi ham ommaviy bayramlar insonga ta’sir qilgandek ko‘plab xalq ommasiga ta’sir qila olmaydi. Shuning uchun ham ommaviy bayramlar rejissyorining jamiyat oldidagi mas’uliyati juda ham katta. Ushbu damda insonlarning xoh shaharda bo‘lsin, xoh qishloqda bo‘lsin, bayramda qatnashishga, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishga intilishlari katta ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, istiqlol nashidasini surayotgan mamlakatimizda jamiyatimizdagi ma’naviy-siyosiy muhit barkamollashib shaxsning bo‘sh vaqtini unumli hordiq chiqarishini to‘g‘ri tashkil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuni aytib o‘tish joizki, ommaviy bayramlar tarixi, ayniqsa, O‘zbekiston bayramlari tarixining kelib chiqish genezisi, uning turlari to‘liq o‘rganilmagan. Tarix shunday fanki, qanchalik chuqur o‘rgansak, shunchalik kam bilishimizga ishonchimiz komil bo‘ladi. Ayniqsa, ommaviy bayramlar tarixi juda ham kam o‘rganilgan. Bu sohada birinchilardan bo‘lib falsafa fanlar doktori, professor U.X.Qoraboyev ilmiy izlanishlarida O‘zbekiston bayramlari fani rivojiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Uning
«O‘zbekiston bayramlari», «O‘zbekiston bayramlari tarixi» kitoblarida bu mavzuga chuqur, ilmiy yondashilib, bayramlarning kelib chiqish tarixi to‘liq yoritishga harakat qilingan. Yaqin davrlargacha bayramlar tarixi umumiy san’at tarixi sifatida (adabiyot va teatr) o‘rganilib kelingan edi. Lekin ommaviy bayram va tomoshalar har bir tarixiy davrda tarbiya va ma’rifatning asosiy o‘giti sifatida yuqori o‘rinlardan birini egallab kelgan.

Ommaviy bayramlar tarixi zarvaraqlariga qisqacha nazar solsak, o‘zining g‘oyaviy jihatdan kompozitsion butun bo‘lgan qadimgi Yunoniston va Rim davridagi bayramlardan boshlasak bo‘ladi. Albatta, qadimgi Yunoniston va Rim bayramlarigacha ham insoniyat paydo bo‘lganidan keyingi davrda bayramlar vujudga kelib, shakllangan. Lekin bu bayramlar o‘zining ma’naviy, intellektual darajasi, ifodaviy shakllari jihatidan alohida xususiyatga ega bo‘lib, kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lmagan.

Mustaqillik yillarida milliy bayramlarimizga va ommaviy bayramlarimizga alohida e’tibor bilan qaraldi. Ayniqsa «Navro‘z» umumxalq bayramining keng jamoatchilik orasida milliy qadriyatlar ulug‘landi, urf-odatlarni o‘zida mujassam etgan milliy o‘yinlar qayta tiklandi, qadim-qadimdan doshqozonlarimizda qaynagan sumalaklar yana qayta pishirila boshlandi. Navro‘zning azaliy taomlari halimlaru ko‘k somsalar kayta dasturxonlarga tortila boshlandi. Ommaviy, milliy bayramlarimiz o‘tkaziladigan joylar va davlat tadbirlari o‘tkaziladigan katta maydonlarga teatr tomoshalari sifatida sumalak tayyorlash jarayonlari olib chiqildi. Milliy o‘yinlarni o‘tkazish an’anaga aylandi. Bu ham katta davlat tadbirlarida o‘zgacha shukuh bilan namoyish etildi. Mustaqillikka erishilgandan so‘nggi yillar davomida ommaviy bayramlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat rahbarining alohida farmonlari qabul qilindi. Bayram tadbirlari davlat darajasida o‘tkazilishi va nom berilishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, munosabatlar dramatizmidagi holatlar hayotiy haqiqatga ko‘chib, ommaviy va bayram tomoshalari sayliga, davlat tadbirlari sahnasida o‘zini namoyon etmog‘i lozim. Har qanday keskin ijtimoiy o‘zgarishlar, yangi O‘zbekistondagi yangicha hayotiy vaziyat dramatik turdagi asarlar yaratilishi uchun mo‘l-ko‘l material bera oladi. Biz yashayotgan davr ana shunday keskin o‘zgarish, yangilanishlar davridir.

Ma’lumki, umummilliy qadriyatlarimiz ulug‘langan bayramlarimiz uchun xalqchil dramaturgiyani yaratish badiiy ijodning oddiy talabiga aylanib qoldi. Bugungi kun dolzarb muammoni odamning, insonlarning, kun qahramonlarining taqdiriga bog‘lab, ta’sirli yo‘sinda ifodalash kerakligiga odatlanib borilmoqda. Milliy dramaturgiyamizda esa anashu holatlar aks etmog‘i lozim.

Har bir alohida odamda bo‘lgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham o‘z mo‘ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo‘ladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davrda milliy bayramlarimiz, urf-odatlarimizga tayangan holda ish ko‘rish, ularning noyob durdonalarini xalqqa yetkazish, odam ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki, milliy qadriyatlarimiz uni egallash sari og‘ishmay borayotir.

Xullas, mustaqillik davri milliy bayramlarimiz sog‘lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda va dunyoga yuz tutmoqda. Ommaviy bayramlar va tomoshalarning ssenariylarini, dramaturgiyasini, kompozitsion janrlarini va eng ta’sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e’tibor berilyapti.

Xolmuradova Mehriniso

O’zDXA katta o’qituvchisi, f.f.f.d.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy va ommaviy bayramlarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahmiyati