Xalqimizning ma’naviy saviyasini va estetik tarbiyasini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan raqs san’atini har tomonlama rivojlantirish, yosh avlodni milliy va jahon raqs san’atining namunalaridan keng bahramand etishni zamonning o‘zi talab etmoqda. Jumladan, respublikamizda xoreografiya ta’limini yanada rivojlantirish, raqs san’ati sohasida «ustoz- shogird» an’analariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro srtandartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda ilm-fanni jadal rivojlantirish maqsadida bir qator meyoriy hujjatlar qabul qilinib, ijrosi ta’minlanib kelmoqda.

San’atga bo‘lgan munosabat jamiyat kishilarining ma’naviy tirkligini, mavjudligini belgilab beruvchi eng qudratli me’zonlaridan biridir. Zero, san’at tinch va osoyishta, farovon hayot mavjud bo‘gan taqdirdagina rivojlanib, taraqqiy etadi, o‘zining muxim estetik tamoyillariga asoslanib, xalq milliy madaniyatining eng nodir, sof jihatlarini, jamiyat kishilarining orzu- intilishlarini o‘zida aks ettira oladi. Har qanday san’at taraqqiyoti zamirida ma’lum ma’noda jamiyat farovonligi, xalqaro ijtimoiy madaniy munosabatlar mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Shu bilan bir qatorda san’at ham jamiyat taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchga ega. Shu boisdan jamiyat va davlat boshqaruvida san’atdan ma’naviy qurol sifatida foydalanishga urunishlar ko‘p bo‘lgan. Zero san’at orqali kishilar ma’naviy olamini, ruhiyatini boshqarish, psixologiyasini boshqarish mumkin. Faqatgina ozod va obod yurtdagina san’atning tub mazmun mohiyati namoyon bo‘ladi va xalq manfaatlari masalasi uning eng oliy qadriyatigab aylanadi.

O‘zbek milliy raqs san’ati o‘zining chuqur mazmunga egaligi, nafisligi, nozikligi, ichki kechinmalari va go‘zal his tuyg‘ularga boyligi bilan boshqa san’at turlaridan ajralib turadi.

Mustaqillik yillarida raqs san’atini asrab avaylash va uning tarixini yosh avlodga o‘rgatish maqsadida raqs san’atiga alohida e’tibor qaratila boshladi.

Raqs san’ati qadimiy asoslari ajdodlarimizning ibtidoiy davrdagi mehnat jarayonlariga, turli jonivorlar va tabiat hodisalariga taqliddan ijro etilgan marosimiy o‘yin harakatlariga borib taqaladi. Shuning uchun ham mutaxassislar orasida «Raqs - insonning mehnat jarayonida tashqi olamdan olgan emotsional taassurotlari bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan va inson gavdasining harakat va holatlari vositasi bilan yaxlit badiiy obraz yaratiladigan san’at turidir» -degan nazariy qarash mavjud. Bunda raqs vositasida obraz yaratish usullari faol qo‘llaniladi.

Raqs san’ati nafis harakatlarining muayyan mazmun tashuvchi ritmik mutanosibligiga asoslangan o‘ziga xos tizimi vositasida obraz yaratish imkoniyatlaridan samarali foydalanishdir. Tashkil etiladigan bayram tomoshalari yoki konsert dasturlari mohiyati va rejisyor tomonidan tayyorlangan ssenariyga qarab raqs musiqasi tanlanadi. Tanlangan raqs musiqalari ssenariy mazmun-mohiyatini aks etirishi hamda saxnalashtirilayotgan raqs harakatlarining o‘ziga xos mazmunini va ritmik mutanosib bo‘lishi talab etiladi. O‘zbek raqs san’ati asoschilaridan biri M.Turg‘unboyeva raqs sahnalashtirishda raqs mazmuni va uning kuyiga alohida e’tibor bergan. Sahnalashtirgan raqslarining ichida ko‘pini avval bir mavzuni tanlab, xayolida tasvirlab, uning mazmunini yozib olgan, so‘ngra bastakorga murojaat qilib, bastalab berishini so‘ragan.

Raqs san’atining mumtoz, lirik, qahramonlik, hazil-mutoyiba, folklor, mehnat va juda ko‘p turdagi raqslari mavjudligi, unda zamonamizning yashash tarzini aniq hamda ravshan ifodalab beradi.

O‘zbek sahna raqs san’atining paydo bo‘lishida, uning ravnaq topishida, gullab-yashnab, butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilishiga o‘z hissasini qo‘shgan, raqs san’atimizning buyuk daholari bo‘lmish Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, Mukarrama Turg‘unboyeva, Yusufjon Qiziq Shakarjonov, Roziya Karimova va ularning shogirdlarini eslab o‘tish joyizdir. Ular o‘zbek xalq raqs san’atining haqiqiy jonkuyarlari va fidoyilari bo‘lganlar. Ularning qilgan mashaqqatli mehnatlari o‘zbek raqs san’atining bebaho boyligi hisoblanadi. Ushbu boylikni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish ishi raqs sahnalashtiruvchilarining ixtiyoridadir. Ma’lumki, professional ansambl raqqosalari - maxsus tayyorgarlikka ega bo‘ladilar. Havaskorlik raqs ansambllarida esa havaskorlar raqs sahnalashtiruvchilari ko‘rigidan o‘tadilar va ulardagi intilish va eslab qolish qobiliyatlari sinab ko‘riladi. Raqs ansambllariga qiziqish hozirgi kunda ortib bormoqda. Chunki raqs san’ati insonni ahloqiy-estetik jihatdan tarbiyalaydi, tashqi ko‘rinishni ko‘rkamlashtiradi, madaniy hayotni yuksaltirishda alohida o‘rin tutadi. Havaskor raqqosalar yuksak darajadagi professional raqqosa bo‘lib yetishmasalarda, ijtimoiy hayotimizda, mamlakatimizning rivojlanib, gullab-yashnashida, ijobiy rol ado etadilar, yetuk insonlar bo‘lib yetishadilar.

Har bir raqs birinchidan, muayyan tarixiy quvvatga ega, binobarin, raqs harakatlarida ajdodlar quvvati zohirdir.

Ikkinchidan, raqsdagi har bir harakat odamning jismoniy, fiziologik emotsional holatiga ta’sir ko‘rsatmasdan o‘tmaydi, demak, ular organizmga ijobiy xabar yetkaza oladi.

Uchinchidan, raqsdagi harakatlarga muhrlangan xabarlar shu darajada universalki, ularni istalgancha muhokama qilish va istalgan sohaga tatbiq etish mumkin. Bu o‘rinda Sharqda, xususan, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston hududida rivojlangan va shu kunlargacha to‘la yetib kelgan raqslar e’tiborga loyiq. Bunga asosiy sabab, ulardagi rang-baranglik, mukammallik va harakatlarning jozibadorligidir. Bir tanada bir vaqtning o‘zida ham plastikani, ham dinamikani va ham statikani mujassam etuvchi harakatlarni biz boshqa xalqlarning raqslarida ko‘rmaymiz. Qo‘llardagi plastika, oyoqlardagi statika va tanadagi dinamika holatlari insonni beixtiyor zikrga tushirib qo‘yadi, badan uch birlik tutashgan joyda harakat, ya’ni shakli harakat tug‘dira boshlaydi. Bunday holat emotsional, ruhiy, zikriy va jangovor ta’sir jarayoni har bir insonga sezilmagan holatda yetib boradi. Gap faqat buni qabul qila olish va undan amaliyotda foydalana bilishga bog‘liq bo‘lib qoladi.

XIX asrning oxiridan boshlab «Katta o‘yin»ning atoqli ijrochilari bu raqsni ma’lum darajada sahna qonun-qoidalariga moslashtirdilar. Ular usullarning mazmuniga va kayfiyatiga qarab, kiyimlarni o‘zgartirdilar va yorqinlashtirdilar.

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida hali xalq orasida Navro‘z bayramining qoldiqlari sezilib turardi. XX asr boshlarida lolalar ochilgan paytda O‘zbekistonning shahar va qishloq aholisi dalaga chiqishar, ashula va o‘yinlar bilan lola terib, ulardan guldastalar yasab, chakkalari va ko‘ksilariga taqishgan. Endigina kurtak chiqargan tol novdasini kesib olib, uni lolalar bilan bezatishgan. So‘ng yigitlar lolalar bilan bezatilgan gulxandek yonib turuvchi tol novdasini olib kelib, o‘yin-kulgi bilan shahar yoki qishloq maydoniga o‘rnatishib, o‘yin-kulgu boshlashgan. Bu sayilning mazmuni qadimgi Navro‘z saylining oxirgi marosimiga juda o‘xshab ketadi. Hozir Bahor saylida tol novdasi shilinib, bargak qilinadi. Bu tabiatning o‘lishi simvolidir. Bargagi shilinib olingan tol poyasi esa, yangi terilgan lolalar bilan bezatiladi. Bu esa tabiatning qaytadan tirilishi alomatidir.

Xalqimizning xoreografik merosida «Katta o‘yin»ning mavjudligi o‘zbek raqsining katta tarixga egaligidan va ko‘p asrlardan beri rivojlanib kelayotganidan darak beradi. O‘zbek raqsining ko‘p asrlar davomida yashab kelishi esa unga go‘zallik baxsh etdi, kamolotga yetkazdi, ajoyib forma va mazmun kasb etdi. Shuningdek, o‘zbek raqslarining katta tarixga egaligini o‘zbek xoreografik merosida «Katta o‘yin»ning qadimdan mavjudligigina emas, balki mavjud madaniy yodgorliklar va hozirgi o‘zbek va tojik xalqlari ota-bobolarining o‘zbek raqslari va raqqosalari haqidagi xabarlari ham tasdiqlab turadi.

Hozirgi kunga kelib, «Mustaqillik», «Navro‘z» bayramlari tantanalarida xalq ijodining namunalaridan foydalanishiga, ularni butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilishga keng yo‘l ochib berildi. Yildan yilga har bir viloyat o‘zining bir-biriga o‘xshamas, takrorlanmas raqslari bilan xalqimiz va mutaxassislarda qiziqish o‘yg‘onmoqda.

Raqsning har bir kombinatsiya «preparasiyon» ya’ni, mashqlarga muvofiq musiqiy kirish va qo‘llarni tayyorlash harakati bilan boshlanadi. Sahnalashtirilgan raqslar katta sahnalar uchun asosan guruhli (24 tadan ortiq) va raqs syujeti mazmuniga qarab 12-16-18 kishilik ijrochilardan iborat bo‘lishi mumkin. Musiqiy jo‘rlik kompozitsiyaninig asosini tashkil etadi. Rejissyor va baletmeyster doim ijodiy hamkorlikda bo‘lib, har bir raqsning maqsadi, xoreografik va musiqiy jihatlarini tushuntirishlari kerak. Musiqa raqsning milliy koloriti, xarakteri, harakatlar ijrosiga mos kelishi kerak

Ijro etish ko‘nikmalari raqs ijrosi paytida raqqosa diqqatini kerakli yo‘nalishga qaratish imkonini beradi. O‘z xarakteriga qarab ko‘nikmalar ikkiga bo‘linadi:

- ongli ravishda amalga oshiriladigan ko‘nikmalar raqs musiqasi ohangining ongdagi umumiy tasavvuri, xarakteri, tezligi, qismlari va hokazo;

- jismoniy harakatlar yordamida amalga oshiriladigan ko‘nikmalar;

- qo‘llar, panjalar, barmoqlar, gavda, bosh, oyoqlarning harakatlari.

Harakatni o‘zlashtirish jarayonini ilmiy asosda to‘g‘ri olib borish kerak, chunki keyinchalik xatolari sezilganda, yana qaytadan o‘rgatmaslik maqsadida qat’iy qoidalarga bo‘ysungan holda ta’lim berilishi kerak. Raqsdagi murakkab harakatlarni o‘rgatishda uni qismlarga bo‘lib o‘zlashtirish, o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng qismlarni birlashtirib, yaxlit ijro etish yaxshi samara beradi.

Mashq qilish jarayonida raqqosa o‘zidagi kamchilik va xatolarni o‘zi aniqlay bilishi, anglashi - texnik imkoniyatlarni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biridir. Raqqosada o‘z-o‘ziga talabchanlik hissini ham o‘stirib borish zarur, bu raqsdagi tajribasini oshib borishini ta’minlaydi.

Raqs san’atida «Klassik raqs» fani ijro texnikasini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi, oyoq muskullarining kuchli bo‘lishi, gavda va qo‘lining nozik, mayinligi, eng asosiysi esa harakatni ongli ravishda bajarilishini ta’minlaydi, bilimlarni charxlab, o‘tkirlashtiradi. Raqs texnikasini oshirishda birinchi bo‘lib harakatlarning aniq bajarilishini ta’minlash zarur, ikkinchidan harakatlarni sekin qismidan tez qismiga o‘tishda yoki aksincha, tez bajariladigan harakatdan keyin sekin bajariladigan harakatga o‘tishda harakatlarning ma’nosini yo‘qotmaslikka erishishi kerak.

Yulduz Ismatova raqs spektakli yaratishda milliy raqs merosiga, harakatlar, usullar, charhlar, aylanishlar, jilvalar, raftorlar silsilasiga tayandi. Ahyon-ahyonda mumtoz balet, sharq raqsi harakatlariga ham murojaat qilib turadi. Aytib o‘tilgan ikki yo‘nalish to‘qqiz xil «Tanovar» raqslari talqinlarini o‘z ichiga olgan «Sevgi vasli» dasturi bilan «Ulug‘bek burji» spektaklida o‘z aksini topdi. Raqs kuyi ohangi jihatdan jonli: quvnoq ritmi sho‘xchan-o‘zgaruvchan, yaxlit kompozitsiyaga ega. Raqsning birinchi qismi tomoshabinga orqa o‘tirgan holda, har hil mayda yurishlar bilan bajariladi. «Raqs tushayotgan» tana holati, qo‘llarning mayin sirg‘alishi tomoshabin e’tiborini tortadi. Raqqosa oyoq uchida

chap, o‘ng tomonga shoh tashlab, aylanib tomoshabinga nigoh tashlashi raqsning ta’sirchanligini yanada kuchaytiradi. Raqsning kulminatsiyasida bir tizza yerga qo‘yilib, qomat oldinga-o‘ngga, u tomondan bu tomonga tebrantiriladi, yelka qoqiladi. Ushbu harakatlarning barchasi qo‘l, panjalar harakati bilan uyg‘unlashib, yaxlit ansambl hosil qiladi.

Milliy raqs vositasida tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik samarasi yuqori bo‘lishi keltirilgan ma’lumotlarda o‘z aksini topgan. Ya’ni, raqs shunchaki harakat emas, balki ma’lum obraz bo‘lib, uning shaxs jismoniy, shaxsiy va ma’naviy kamolotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘satadi.

Xolmuradova Mehriniso

O’zDXA katta o’qituvchisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy va ommaviy bayramlarda xoreografiyaning o’rni