Milliy til – milliy madaniyatning muhim qismi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbek tili bayrami arafasida qabul qilgan “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora –tadbirlari toʻgʻrisi”gi Farmoni maʼnaviy hayotimizda muhim voqealardan biri boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbek tili bayrami arafasida qabul qilgan “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora –tadbirlari toʻgʻrisi”gi Farmoni maʼnaviy hayotimizda muhim voqealardan biri boʻldi.
Har bir xalqnimng mustaqilligida davlat tilining muhim oʻrni bor. 1989-yil 21-oktyabr Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta tarixiy amamiyatga ega voqea boʻlgandi.
Statistik maʼlumotlarga, koʻra kuraiy zaminimizni hozirda 50 millionga yaqin aholi oʻzbek tilida soʻzlashmoqda. Dunyoning 60 yaqin oliygohlarida esa oʻqitilmoqda. Bu, albbatta, juda quvonchlidir.
Istiqlol yillarida tilimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish, uning xalqaro miqyosda nufuzini mustahkamlash davlatimizning doimiy eʼtiborida boʻlib kelayotir.
Keyingi yillarda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan davlat tili boʻyicha qator huquqiy-meʼyoriy hujjat qabul qilingani, “Davlat tili toʻgʻrisida” qonun qabul qilingan kunning umumxalq bayramiga nishonlanayotgani, xokimlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha maslahatchi lavozimining joriy qilingani ona tilimizning ravnaqi yoʻlidagi muhim ishlardir.
Prezidentimiz tomonidan Oʻzbek tili bayrami arafasida - 2020-yil 20-oktyabrda qabul qilingan “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora –tadbirlari toʻgʻrisi”gi Farmoni milliy tilimizning ravnaqi yoʻlidagi yana bir muhim hujjat boʻldi.
Farmonda davlat tilini oʻqitishda taʼlim taʼlim muassasalarining katta ahamiyat berilib, aniq vazifalar belgilab berilgani ayniqsa eʼtiborga molikdir.
Insonda til yoshlikdan, hali oʻqish yoshishni oʻrganmasdan shakllanadi, maktabda, oliy maktabda mukammalashadi. Bugun farzandlarimiz koʻplab xorijiy tillarni oʻrganayotgani juda yaxshi, shu bilan ona tilini mukammal bilishi yana-da muhim.
Shu maqsadda maskur farmonda taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yana-da takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish sohasida belgilab berilgan vazifalar dasturulamal boʻlib xizmat qiladi.
Farmonda 2025-yilga qadar davlat maktabgacha taʼlim tizimida amaldagi maktabgacha taʼlim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga oʻzbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish, umumtaʼlim maktablarda oʻzbek tili fanini oʻqitish dars soatlarini, oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili kafedralari sonini koʻpaytirish belgilangani yoshlarimizning ota tilini mukammal bilishlarida juda muhim ahamiyatga ega boʻladi.
Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining filologiya taʼlim yoʻnalishlarida “Kompyuter lingvistikasi”, “Amaliy filologiya” yoʻnalishlarini tashkil qilinishi bugun tobora tezlashib borayotgan globallashuv va axborot almashuv jarayoni milliy tilimizning sofligi saqlashga samarali taʼsir oʻtkazadi. Oʻzbek tilini mukamml biladigan yosh mutaxassislar koʻpayishi tilimizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” taʼsiridan ishonchli ximoya qilishni taʼminlaydi.
Boy tarixiy, madaniy, maʼnaviy ildizga ega xalqimiz tilining yana-da ravnaqi topishi uchun, yot taʼsirlardan ximoya ham, eʼtiborga ham zarur. Biz bugun bu katta eʼtiborni davlatimiz tomonidan tilimizning meʼyoriy huquqiy asoslari mustahakamlanayotganida koʻrib turibmiz.
Shuhrat TURATOV,
Jizzax politexnika instituti oʻqituvchisi.