Davlatimiz rahbari tomonidan milliy tariximizga qaratilayotgan e’tibor jadidlar faoliyati, Vatanimiz tarixiga oid yangi-yangi, jamoatchilikning e’tibori va qiziqishiga sabab bo‘layotgan izlanish va tadqiqotlarga eshik ochmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan mazkur yo‘nalishda katta hajmdagi ishlar olib borilayotgani va buning natijasi o‘laroq, yangi asarlar, ilmiy-ma’rifiy kitoblarning xalqimiz e’tiboriga havola etilayotgani diqqatga sazovor. 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ana shunday zahmatli mehnatning samarasi bo‘lgan “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari: Turkiston muxtoriyati matbuotda” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirga keng jamoatchilik vakillari, olimlar, milliy tariximizga qiziquvchi hamyurtlarimiz taklif etildi. 

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboyeva, Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik, taniqli olim va publitsist Azamat Ziyo va boshqalar yangi Renessans fundamentini barpo etishda milliy tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish muhim ekanini ta’kidladi. 

Aytish kerakki, Turkiston muxtoriyatining tuzilishi, faoliyati va tugatilishiga oid milliy matbuot sahifalarida chop etilgan maqolalar va xabarlarni izlash, o‘rganish va joriy imloga o‘girish maqsadida ishchi guruh a’zolari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, “Turon” kutubxonasi, Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy arxivi kutubxonalarida muttasil tadqiqot olib bordilar.

O‘rganishlar natijasida jurnal va gazetalardagi Turkiston muxtoriyatining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishiga oid maqolalar hamda xabarlarning bibliografik ko‘rsatkichi tuzildi. 

“Ulug‘ Turkiston”, “Najot”, “Hurriyat”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Turon”, “Qizil O‘zbekiston” gazetalaridagi arab imlosidagi 139 ta, “Al-Izoh” jurnalidagi 1 ta, “Al-Isloh” jurnalidagi 1 ta, “Ishchilar dunyosi” jurnalidagi 3 ta, “Chayon” jurnalidagi 7 ta jami 151 ta maqola, she’r va xabarlar joriy imloga o‘girildi.

Bugunga qadar milliy matbuotdagi 80 dan ortiq maqola va xabarlar Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo va institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, atoqli tarixshunos olima, tarix fanlari doktori, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Dilnoza Jamolova tomonidan tahrir qilinib, izohlari tayyorlandi. 

Taqdimot tadbirida “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari: Turkiston muxtoriyati matbuotda” nomli kitob, uni yaratish bo‘yicha olib borilgan ma’rifiy izlanish va tadqiqotlar xususida batafsil so‘z yuritildi. Talaba-yoshlarning savollariga batafsil javob qaytarildi. 

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy tariximizga oid qimmatli kitob taqdimoti 