Milliy statistika qo‘mitasida davlatimiz rahbarining joriy yil 24 fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qayd etilganidek, farmonda belgilangan vazifalar mamlakatimizda rasmiy statistikani yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish, uni xalqaro talablarga muvofiq tarzda shakllantirish va ma’lumotlardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Farmon bilan Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilib, uning funksiya va vazifalari sezilarli darajada kengaytirildi. Milliy statistika qo‘mitasi endilikda nafaqat statistik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, balki ularning ishonchliligini ta’minlash, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida yanada ko‘proq mas’uliyatli vazifalarni bajaradi.

Makroiqtisodiyot va tarmoq darajalarida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organlari ehtiyojidan kelib chiqib yangi statistik mahsulot va xizmatlarni joriy etish orqali statistika ishlari samaradorligi oshiriladi.

– Yangi farmon doirasida kichik biznes va mikrofirmalar uchun statistik hisobot topshirish jarayoni soddalashtirildi, – dedi Milliy statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov. – To‘siqlarni kamaytirish hamda tadbirkorlarning vaqt va resurslarini tejash maqsadida hisobot berish mexanizmlarini takomillashtirish, ma’lumotlarni taqdim etish jarayonini yanada qulaylashtirish va ortiqcha to‘siqlarni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, xodimlar soni 5 nafardan kam va yillik daromadi BHMning 2 ming barobarigacha bo‘lgan korxonalar uchun hisobot topshirish tartibi soddalashtirilib, ular endilikda har yili emas, balki uch yilda bir marotaba hisobot taqdim etadi. Bunda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan hamda aksiz solig‘i to‘lovchi korxonalar mazkur tartibdan mustasnodir.

Shuningdek, har bir viloyat, tuman va shahar bo‘yicha iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarni avtomatik shakllantirish imkonini beruvchi “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushiriladi. Ushbu tizim orqali hududlardagi demografik holat, iqtisodiy faollik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar haqida real vaqt rejimida ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi. Korxona va tashkilotlarga hisobot topshirish jarayonida maslahat berish uchun sun’iy intellektga asoslangan “Maslahatchi” interaktiv xizmatining joriy etilishi ham soha rivojini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ushbu xizmat tadbirkorlik sub’ektlariga statistik hisobotlarni shakllantirish, topshirish tartibi va talablari bo‘yicha avtomatik tavsiyalar berish imkonini yaratadi. Shuningdek, tizim hisobotlardagi xatoliklarni aniqlab, ularni to‘g‘rilash bo‘yicha tavsiyalar beradi hamda foydalanuvchilarning savollariga tezkor javob qaytarish uchun moslashtiriladi.

Foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez va oson izlab topishda ko‘maklashuvchi “Tahlilchi” konsultativ xizmati ishga tushiriladi. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchilarning ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, statistik manbalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.

Tadbirda ta’kidlanganidek, statistik kuzatuvlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida telefon orqali ma’lumot to‘plash imkonini beruvchi "Kall-markaz" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu markaz kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonini soddalashtirish, respondentlar bilan tezkor aloqa o‘rnatish va ma’lumotlarni o‘z vaqtida yig‘ish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, “Kall-markaz” orqali respondentlarga kuzatuv jarayoni, savolnomalarni to‘ldirish tartibi va talab etiladigan ma’lumotlar bo‘yicha tushuntirish berish mexanizmlari ishlab chiqilishi mumkin.

Bundan tashqari, markaz orqali yig‘ilgan ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va tahlil qilish orqali statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va sifatini oshirishga e’tibor qaratiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy statistika imkoniyatlari kengaymoqda