Termiz shahrida umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda shu kunga qadar faqatgina ingliz tili fanidan maxsus sertifikat olgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etmay ballga ega bo‘lishi mumkin edi. Endilikda ona tili va adabiyoti, matematika, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, tarix fanlaridan ham bosqichma-bosqich sertifikat beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabrdagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2020 yil 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

[gallery-2041]

Yuqorida keltirilgan fanlardan qo‘lga kiritilgan milliy sertifikatlar kirish imtihonlarida ushbu fandan sertifikat foiziga qarab ball taqdim etadi.

Ona tili va adabiyoti va matematika fanlaridan o‘tkazilgan test sinovlarida viloyatdan jami 44 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazildi